Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

MILLIY LIBOSLAR – MILLAT KO’ZGUSI

×

 2021-04-29 12:06:04    884

PDF yuklash
Chop etish


Milliy kiyim masalasiga to’xtaladigan bo’lsak, qadimdan inson qaysi millatga mansub ekanligi birinchi navbatda uning kiyimiga qarab aniqlangan. Har bir millat o’ziga xos kiyinish madaniyatiga ega. Bizning milliy kiyimlarimiz dunyoning qay burchagida bo’lmasin har qanday xalqning havasini keltirib o’ziga mahliyo qiladi.

Mamlakatimizda istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab milliy va diniy qadriyatlarimizni qayta tiklash va rivojlantirishga katta e'tibor qaratildi. Milliy bayramlarimiz urf-odatlarimiz qayta tiklandi.

Keyingi paytlarda afsuski, haddan tashqari zamonaviy liboslarga berilib ketdik. Yurtimiz bozorlariga kirib kelayotgan kiyimlarni kiyib yurish dinimizga ham na sharqona milliy urf-odatlarimizga ham to’g’ri kelmaydi.

Milliy liboslarimiz qadrini baland tutish maqsadida Farg’ona shahar hokimning tashabbusi bilan Farg’ona shaxar Kashtanzor ko’chasida “Milliy libos – millat ko’zgusi” shiori ostida tadbir o’tkazildi. Unda hunarmandlar, tadbirkorlar, kasb-hunar kollejlari hamda umumta'lim maktablari o’quvchilari o’zlarining ko’rgazmalari bilan ishtirok etishdi.  Festivalda  ko’plab hunarmandlarimiz o’zining 50 dan ortiq milliy liboslarini namoyish etishdi. Bundan tashqari, milliy estrada yulduzlari ishtirokida kontsert dasturi ham bo’lib o’tdi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram