Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARG’ONA VILOYAT QURILISH SOHASIDAGI XUDUDIY NAZORAT INSPEKTSIYASI IJTIMOIY TARMOQLARDA SHERAYEV M. TOMONIDAN NOQONUNIY QURILISH OLIB BORILAYOTGANLIGI YUZASIDAN TARQALGAN VIDEOLAVXA BO’YICHA QUYIDAGILARNI MA'LUM QILADI

×

 2021-03-24 10:34:17    839

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahar xokimining 27.02.2018 yildagi 269-sonli qarori bilanfuqaro Sherayev Mamasidiq Qamchiboyevga tegishli bo’lgan shaharning A.Yassaviy ko’chasida joylashgan 43-A va 45-V–sonli ko’p qavatli turar joy binolari oralig’ida joylashgan 2100,0 kv.metrdan iborat bo’lgan yer maydonining 700, kv.metr qismiga ikki dona besh qavatli turar-joy binolari xamda qolgan 1400,0 kv.metr yer maydoniga yengil tipdagi ayvonlar, muzqaymoq va salqinlik ichimliklar sotish shaxobchasi, keksalar dam olish maskani binolari qurish xamda bolalar maydonchasi va avtoturargox tashkil etish, atrofini obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirishga ruxsat berilgan.

Farg’ona shahar Arxitektura qurilish boshqarmasi tomonidan №47-F-sonli (2018 yil 21 mart kungi) “Arxitektura rejalashtirish topshirigi” tayyorlangan. Loyiha hujjatlari “FERGANA GABLE SERVIS” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan xamda viloyat arxtitektura va shaharsozlik kengashida 2018 yil 3 aprel kuni ko’rib chiqilib, 04/04-sonli kengash bayonnomasi rasmiylashtirilgan. Loyiha hujjatlari “Qurilish loyiha ekspertiza sinov” MChJ tomonidan ekspertiza ko’rigidan o’tkazilib, 2018 yil 10 apreldagi №30B-21/18-sonli ijobiy ekspertiza xulosasi berilgan. Ob'ekt Farg’ona viloyat “Davarxitektqurilishnazorat” inspektsiyasida 2018 yil 19 aprel kuni ro’yhatdan o’tkazilib, №648-sonli qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnoma berilgan. Qurilishda muxandislik qidiruvlari geoaxborot va shaxarsozlik kadastri loyiha ilmiy-tekshirish davlat instituti “O`ZGASHLITI” DUK Farg’ona xat-A.Yassaviy uy Sherayev M filiali tomonidan qurilish ob'ektini loyixadan joyiga ko’chirish ishlari amalga oshirilib, 2018 yil 27 iyul kungi dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Farg’ona viloyati hokimligi huzurida tashkil etilgan ishchi gurux tomonidan Farg’ona shahar hokimining 2017 – 2018 yillarda tadbirkorlik sub'ektlari va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun jismoniy va yuridik shahslarga yer maydoni ajratish to’g’risidagi qarorlarning qonuniyligini o’rganish jarayonida fuqaro Sherayev Mamasidiq Qamchiboyevga “A.Yassaviy ko’chasi 43-A va 45-V–sonli ko’p qavatli turar joy binolari oralig’idagi yer maydoniga ikki dona besh qavatli turar-joy binosi qurishga ruxsat berish to’g’risida”gi Farg’ona shahar xokimining 27.02.2018 yildagi 269 -sonli qarori qabul qilinishida ayrim normativ xuquqiy xujjatlar talablariga rioya etilmaganligi sababli Farg’ona viloyat hokimining 2018 yil 20 avgustdagi 434-sonli qarori bilan bekor qilingan.

Farg’ona viloyat hokimligining 2020 yil 11 martdagi 03-07/1239-sonli xatiga ko’ra Farg’ona viloyat hokimining 2018 yil 4 avgustdagi 365-F-sonli farmoyishiga asosan tasdiqlangan viloyat hokimligi xuzuridagi maxsus ishchi gurux tomonidan Farg’ona shahar xokimining 27.02.2018 yildagi 269-sonli qarorini qonun xujjatlariga muvofiqlashtirish masalasi belgilangan tartibda o’rganib chiqilib, qonun talablariga mos ravishda tuzatishlar kiritilganligi to’g’risidagi yig’ilish bayoniga asoslanib, Farg’ona shahar xokimining 2020 yil 16 mart kungi 156-sonli qarori bilan Farg’ona shahar xokimining 27.02.2018 yildagi 269-sonli qarorini qonun xujjatlari talablariga muvofiqlashtirishtirilgan.

Farg’ona shahar Qurilish boshqarmasi tomonidan 152-F-sonli (2020 yil 29 fevral kungi) “Arxitektura rejalashtirish topshirigi” tayyorlangan. Loyiha hujjatlari  “Marg’ilon Integral Loyixa” MChJ tomonidan 2020 yilda qayta ishlab chiqilgan. Loyiha hujjatlari “Roshidon Baxodiri” xususiy korxonasi tomonidan ekspertiza ko’rigidan o’tkazilib, 2020 yil  08 iyuldagi №08-07/20-06-sonli ijobiy ekspertiza xulosasi berilgan. Fuqaro Sherayev Mamasidiq Qamchiboyev tomonidan yagona interaktiv davlat xizmatlari orqali 2020 yil 08 iyul kungi 2064416-sonli ariza bilan qurilish-montaj ishlari boshlanganligi to’g’risida xabarnoma yuborilgan.

Farg’ona viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorati inspektsiyasi tomonidan 2021 yil 03 mart kungi tekshirishda qurilish-montaj ishlarida bir qator kamchiliklar aniqlanganib, Shaffof qurilish milliy axborot tizimi orqali 5805-sonli bajarilishi majburiy 4 banddan iborat ko’rsatma berilgan.

Ya'ni: ShNQ 3.01.01-03 talablariga binoan ob'ektda 3-4-qavatlarda quyilgan kalonna va rigellar uchun beton kubiklar va laboratoriya xulosalari olinmagan. xat-A.Yassaviy uy Sherayev M QMQ 2.01.03-96 “Zilzilaviy hududlarda qurilish” talablari buzilgan holda binoning 4-qavatning balkon qismida to’suvchi devorlarni tiklashda armosetkalar qo’yilmagan, vertikal choklari loy qorishmasi bilan to’ldirilmagan. G’isht terish ishlari to’xtatilgan. ShNQ 3.01.01-03 me'yoriy xujjatining 1.13-bandida ko’rsatilgan talabiga binoan ob'ektda ish umumiy ish yuritish jurnali, beton va payvandlash ishlari jurnali, yopiq ishlar dalolatnomasi, mualliflik nazorati jurnali mavjud emas.

 QMQ 2.01.03-96 “Zilzilaviy hududlarda qurilish” talablari buzilgan holda binoning 5-qavat tom yopmasida plitalar atrofiga 4 Ø12 ASh ishchi armaturalar o’rniga joyida 2 Ø12 A-Sh ishchi armaturalar o’rnatilib  beton quyish ishlari olib borilmoqda. Antiseymik belbog’larga beton quyish ishlari to’xtatilgan.

Bugungi kunda kamchiliklar quruvchi tomon idan bartaraf etilgan.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram