Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Hokimlik qabuli: Oʼttizdan ortiq murojaat ijobiy hal etildi

×

 2023-03-15 18:42:22    662

PDF yuklash
Chop etish


Joriy haftadagi shahar hokimligi tomonidan tashkillangan sayyor qabulda Fargʼona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, sektor rahbarlari, fuqarolik ishlari boʼyicha Fargʼona tumanlararo sudi raisi Ulugʼbek Oripov va maʼmuriy ishlar boʼyicha sud raisi Solijon Qurbonov, majburiy ijro byurosi boshligʼi Dilshodjon Ismoilov, Xalq qabulxonasi mudiri Tavakkaljon Rahimov va hokim oʼrinbosarlari ishtirok etishdi.


Sharqiy harbiy okrugining Maʼnaviyat va maʼrifat markazida 150 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari masʼullar ishtirokida oʼrganildi. Oʼttiz nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal qilindi.


Kelib tushgan murojaatlarni oʼrganish va natijasi boʼyicha mualliflarga maʼlum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, korxona, tashkilot va boʼlimlarga topshiriqlar berildi. 


Qabul soʼngida murojaatlarni hal etilishi darajasi tanqidiy tahlil qilindi. Murojaatlarga masʼuliyatsizlik bilan yondoshgan rahbarlarga ogohlantirish berildi.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati