Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

“Fidoyi yoshlar yetakchisi” koʻrik-tanlovining Fargʻona viloyati bosqichida shahrimiz vakili gʻolib boʻldi

×

 2022-07-15 16:50:33    300

PDF yuklash
Chop etish


Tanlovda shahar va tuman bosqichlaridan gʻolib boʻlgan 19 nafar yoshlar yetakchisi 4 ta shart boʻyicha bilim va iqtidorini sinovdan oʻtkazdi. Maʼlumki, viloyatdagi 1 ming 62 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarining barchasida yoshlar yetakchilari tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.
Viloyat hokimi oʻrinbosari Jamshed Hatamov tanlovning ochilish marosimida yoshlar yetakchilari mahallalarda katta kuch ekanini taʼkidlab, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Tanlov yakuniga koʻra, Fargʻona shahar “Gulzor” mahalla fuqarolar yigʻini yoshlar yetakchisi Jahongir Isroilov birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Buvayda tumanidagi “Yangiqadam” mahalla fuqarolar yigʻini yoshlar yetakchisi  Bunyodjon Otaqulov ikkinchi, Qoʻqon shahar “Istiqlol” mahalla fuqarolar yigʻini yoshlar yetakchisi Irodaxon Qayumova uchinchi oʻrinni egalladi. 
Gʻoliblar tashkilotchilarning diplom va sovgʻalari bilan taqdirlandilar.