Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

“Tashabbusli byudjet” jarayonida ishtirok eting!

×

 2022-07-13 18:18:38    421

PDF yuklash
Chop etish


Hurmatli Fargʻona shahar fuqarolari, sizni qiynab kelayotgan, yechimi mablagʻ bilan bogʻliq muammolar mavjudmi? Endi ushbu muammolarni hal etish uchun byudjet mablagʻlari Sizning tashabbusingiz asosida yoʻnaltiriladi.
Fargʻona shahar moliya boʻlimi tomonidan olib borilayotgan “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2 masumiga 11,1 mlrd. soʻm ajratilgan boʻlib(mazkur mablagʻlarga koʻshimcha ravishda 2-chorak yakuni boʻyicha daromadlar rejasi ortirib bajarilgan qismini 30 foizi va birinchi mavsum loyihalarini moliyalashtiriladigan qismidan iqtisod kilingan mablagʻlar ham yoʻnaltiriladi) joriy yilning 15 iyulidan taklif kiritishga start beriladi.
Jarayonda ishtirok etgan holda oʻz taklifingizni bildirishingiz yoki Sizning ehtiyojlaringizni aks ettirgan boshqa takliflarga ovoz berishingiz mumkin. 
Onlayn ishtirok etish bevosita Moliya vazirligining openbudget.uz “Ochiq byudjet” axborot portali orqali amalga oshiriladi.
Portal orqali Roʻyxatdan oʻtish jarayonida Siz ism va sharifingiz, tugʻilgan yilingiz, yashash hududingiz va shu kabi boshqa maʼlumotlarni kiritishingiz va eng asosiysi oʻzingiz doimiy ishlatadigan telefon raqamingizni koʻrsatishingiz lozim boʻladi.
Siz quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha taklifingizni qoldirishingiz mumkin:????Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash;????Yoritish tizimini yaxshilash;????Ichki yoʻllarni taʼmirlash, shagʻallashtirish yoki asfalt yotqizish;????Ijtimoiy soha obʼektlarini taʼmirlash, jihozlash yoki moddiy-texnik bazasini rivojlantirish;????Jamoatchilik ixtiyoridagi obʼektlarni taʼmirlash yoki jihozlash.
Taklif qoldirish jarayoni juda ham sodda boʻlib, Siz oʻz shaxsiy kabinetingiz orqali qoʻshish tugmasini bossangiz va ochilgan sahifaga oʻz taklifingiz haqida maʼlumotlarni kiritsangiz bas. 
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, bildirilgan takliflarning umumiy qiymati 1,2 mlrd. soʻmdan oshmasligi, taklifda yagona ijtimoiy muammo aks ettirilishi hamda taklifning manzili aniq koʻrsatilishi lozim.
Taklif qoldirish va ovoz berish yakuniga koʻra, har bir hududda eng koʻp ovoz toʻplagan takliflar gʻolib deb topiladi hamda taklifni amalga oshirish uchun mablagʻ ajratilishi yuzasidan qaror qabul qilinib, amaliy ishlar boshlanadi.
Tashabbus koʻrsating va “Tashabbusli byudjet” jarayonida faol ishtirok eting. Muammolarni hal etish oʻz qoʻlingizda.