Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

1-sektor hududidagi "Shakarqishloq" mahallasida shahar hokimining sayyor qabuli oʻtkazildi

×

 2022-06-30 11:47:33    312

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul oʻtkazildi. Qabul jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fargʻona shahar xalq qabulxonasi mudiri Gʻayratjon Pattayev hamda hokim oʻrinbosarlari ham ishtirok etishdi.
Qabul davomida oltmish nafarga yaqin jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan murojaatlar, masʼul rahbarlar ishtirokida oʻrganildi. Yigirmaga yaqin murojaatlar ijobiy hal qilindi.
Kelib tushgan murojaatlar boʻyicha belgilangan tartibda oʻrganib chiqish va natijasi boʻyicha mualliflarga maʼlum qilish uchun masalaga daxldor xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Qabul soʻngida oʻtgan sayyor qabullar davomida qayd etilgan murojaatlarning oʻrganilishi, ijobiy hal etilishi tahlil qilindi. Fuqarolarning murojaatlariga eʼtiborsiz boʻlgan masʼullar qatʼiy ogohlantirildi.