Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

OILA – JAMIYaT VA DAVLAT HIMOYaSIDA,

×

 2022-06-18 08:59:13    557

PDF yuklash
Chop etish


Oila – jamiyatning birlamchi boʻgʻini hisoblanib, u fuqarolik jamiyatining tayanch nuqtasi, barqaror va tinch tuzilmasidir. Bu muqaddas dargohda nafaqat inson dunyoga keladi, balki u maʼnaviy va axloqiy tarbiya ham topadi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 12-13 may kunlari Fargʻona viloyatiga tashriflari davomida oilaviy ajrimlarning oldini olish yuzasidan ham bir qator topshiriq va vazifalar belgilandi. Shuningdek, faollar bilan oʻtkazilgan yigʻilishda Fargʻona viloyati boʻyicha ajrimlar soni keskin ortib ketganligi tanqidiy muhokama qilingan. 
Bu borada Davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻona shahrida ham bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, oilalardagi maʼnaviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash, oilalarni mustahkamlash, oilaviy ajrimlarni oldini olish boʻyicha "Shodiyona" MFYda ajrim yoqasida turgan oilalar bilan suhbat olib borildi. 
Shahar hokimligining Ishchi guruhi tomonidan tashkillangan tadbirda oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari G.Joʻrayeva, shahar hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi D.Xolmatova, "Yangi chek" masjidi bosh imom noibi L.Suyarqulov, "Ahmadjon qori" masjidi imom xatibi F.Abduraxmonov, fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudining sudьyasi M.Gʻofurov va 4-sektor hududidagi mahalla fuqarolar yigʻinlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari hamda ajrim yoqasida turgan oʻnga yaqin oilalar ishtirok etdilar. 
Oilada yuksak maʼnaviy muhitni tashkil etish juda muhim. Bunda oila aʼzolarining, ayniqsa, er va xotinning oʻzaro murosa-madoraga borishi, gʻazabi kelganda uni yengishi va shirinsoʻz boʻlishi, oilaviy sirlarni koʻchaga olib chiqmasligi, shu bilan birga, farzandlarni tirik yetim boʻlib qolishlari singari bir qator omillar juda katta ahamiyat kasb etishi boʻyicha mutaxassislar tomonidan tushunchalar berildi.
Ajrim yoqasida turgan ushbu oilalar aytib oʻtilgan soʻzlardan xulosa chiqardilar hamda ikkita oilani yarashtirishga erishildi.
Joylarda ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirishga qaratilgan targʻibot-tashviqot tadbirlari va davra suhbatlari davom etmoqda.