Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

TOZALIK HAM MA'NAVIYAT BELGISI

×

 2021-08-20 12:44:23    739

PDF yuklash
Chop etish


Shahrimizning qaysi ko’chasiga kirmang, kundan-kun chiroy ochib borayotganining guvohi bo’lasiz. Kengaytirilayotgan yo’llar, qurilayotgan zamonaviy inshootlar va uylar, favvoralaru istirohat bog’lari kishi ko’zini quvontiradi.

Biz o’zbeklarda qon-qonimizga singib ketgan ajoyib bir odat bor. Kimnidir eshik qo’ng’irog’ini chalishdan oldin uyning atrofi tozaligi va sarishtaligiga alohida e'tibor qaratiladi. Tong saharda ko’cha, hovlilarni supurish uyga fayz-baraka keltiradi. Albatta, har bir inson yaxshilikni poklanish, poklashdan boshlaydi. Tevarak atrofni tozalash payida bo’ladi.

Ammo manzara buning aksi bo’lsa-chi? Hovli yuzi supurgi ko’rmagan, tomorqada ham ekin-tikin bilan birga, turli chiqindilar bo’y ko’rsatgan, atrofida pashsha-yu chivinlar vijirlab turgan bo’lsa-chi? Bunga kim aybdor bo’ladi? Sizning uyingizni kimdir kelib tozalab ketishini kutib turasizmi?

Huddi shu masala yuzasidan mamlakatda atrof-muhitni muhofaza qilishni ta'minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, hududlarning sanitariya va ekologik holatini yaxshilash sohasida izchil siyosat amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi PQ-2916-son qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasiga tadbirkorlik sub'ektlarining chiqindilarni yig’ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko’mish va realizatsiya qilish jarayonlaridagi ishtirokini yanada kengaytirishni nazarda tutish vazifasi yuklatildi hamda 2018 yil 1 avgustdan maishiy chiqindilarni to’plash va olib chiqish faoliyatini amalga oshirish uchun tuman va shahar hududlari   tadbirkorlik sub'ektlariga chiqindi to’plash shoxobchalari va tutash hududlarida lozim darajadagi tozalikni ta'minlash, shuningdek, maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralash sharti bilan biriktirib berildi.  Qonunda jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni to’plash va olib chiqish xizmatlari ommaviy shartnomalar asosida ko’rsatilishi ham nazarda tutilgan.

Shu sababli qisqa muddatda qattiq maishiy chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish tizimining infratuzilmasini takomillashtirish, umumiy quvvati yiliga million tonnadan ortiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash quvvatiga ega bo’lgan maishiy chiqindilar bilan bog’liq ishlarni kompleks amalga oshirish klasterlarini tashkil etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

Shuni takidlab o’tish joyizki, Farg’ona shahrida obodonlashtirish ishlariga katta e'tibor berilmoqda. Joriy yilda Farg’ona shahar hududidagi obodonlashtirish maydonlariga jami 105 mingdan ortiq manzarali daraxt va butasimon gullar ekildi. Dunyoga mashhur yapon soforasi, eldar sosna, kashtan, akatsiya, archa (majevelnik) manzarali daraxtlari hamda xind sireni, atirgul va shtampovka atirgul navli butasimon gullar shular jumlasidandir.

Shuningdek, shahar hududlarida 174 dona gul konsturktsiyalarni o’rnatish, 700 mingdan ziyod mavsumiy gullari ekish ishlari amlaga oshirildi. Ekilgan daraxt ko’chatlarini mavsum davomida parvarishlash maqsadida mas'ullar birktirish Agrokimyoximoya AJ bilan 150 mln so’mlik shartnoma tuzilidi hamda xozirgi kunga qadar 21700 tupdan ziyod manzarali daraxtlarga Zararkunandalarga qarshi dorilash, o’g’itlash va sug’orish ishlari bajarildi.

 Farg’ona shahar hududlarini obodonlashtirish jarayonida maxsus texnikalar xisobiga 45540 tonna qurilish va maishiy chiqindilar olib chiqib ketildi, shaharning turli hududlaridagi ko’p qavatli turar joy maydonlarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

 Qirguli mavzesida (Nizomiy, Yangi asr, Marg’ilon ko’chalari) joylashga ko’p qavatli turar joylarda, 0,5 km ichki yo’llar asfaltlashtirish, 2 km ichki irrigatsiya tarmolqari betonlashtirish, 800 tupdan ziyod manzarali daraxtlar ekish, bolalar maydonchalarini o’rnatish, tik kudug’ nasos stantsiya qurilib sug’orish tizimi ishga tushirildi. Bu obodonlashtirishlar ortida qanchadan qancha mehnat, mablag’ yotganini xalqimiz tushunib, qadriga yetmog’i, asrab-avaylamog’i lozim.

Tozalik — ruh pokligidan darak. Saranjom-sarishta va tartibli bo’lish inson qalbi va ruhi pokligini ko’rsatadi. Xonadondagi osoyishtalik va fayz-baraka ham aynan sarishtalikka bog’liqligini doim takrorlaydi otaxonu onaxonlarimiz. Axir shahar va ko’chalarimiz ham bizning uyimizday emasmi?

Tobora obod bo’lib borayotgan Vatanimiz go’zal va betakror tabiati bilan barchani o’ziga maftun etib kelmoqda. Ana shu maftunkor muhitda sog’lom va baxtli hayot kechirar ekanmiz, ona tabiat musaffoligini asrash, uni kelajak avlodga yetkazish har birimizning insoniy va fuqarolik burchimiz ekanini unutmasligimiz lozim. Zero, ezgu amallar bilan o’z elini asragan, qadriyatlarini e'zozlagan, qalbida yaxshi niyat bilan halollik va poklik yo’lini tutgan kishilarning bajargan ishlari asrlar davomida avlodlar baxt-u kamoliga xizmat qilib kelaveradi.  





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram