Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

OILAVIY NIZOLARNING SALBIY OQIBATLARI

×

 2021-07-02 15:43:26    780

PDF yuklash
Chop etish


Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir. Oilada har bir inson ulg’ayadi va kamol topadi. Oila davlat va jamiyatda o’rni muhim bo’lganligi sababli Konstitutsiyamizga alohida XIV bob bilan kiritilgan. Konstitutsiyamizning 63-moddasida oila jamiyatning asosiy bo’g’iniligi, jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga egaligi, nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanishi ko’rsatilgan.

         Bugungi kunda yigit va qiz o’zaro ixtiyoriyligi va teng huquqliligi asosida turmush qurayotgan bo’lsalarda, oilaviy ajrimlar ming afsuski uchrab turibdi.

         Oilaviy nizolarni taalluqlilik bo’yicha fuqarolik sudlari ko’rib chiqadi. Birgina bir oilaning arzimagan sabablar bilan o’zaro janjallashishi natijasida fuqarolik sudlarida bir necha toifadagi fuqarolik ishlarini ko’rilishiga sabab bo’ladi. Er-xotining o’zaro ajrashib ketishi natijasida fuqarolik sudlarida nikohdan ajratish, bolaning ta'minoti uchun aliment undirish, o’zining ta'minoti uchun aliment undirish, umumiy mulk deb topish va umumiy mulkni bo’lish, uyga kiritish, o’ydan ko’chirish, uy-joydan foydalanish huquqini yo’qotgan deb topish, bolani o’z tarbiyasiga olish, bola bilan ko’rishib turish tartibini belgilash, sarf-harajatlarni undirish va boshqa toifadagi fuqarolik ishlari ko’rilishi mumkin.

         Yuqorida ko’rsatib o’tilgan da'vo toifalaridan bolaning ta'minoti uchun aliment undirish, moddiy ta'minot undirish haqidagi da'vo arizalar uchun davlat boji to’lashdan ozod qilingan bo’lsada, qolgan da'vo arizalari uchun “Davlat boji stavkalari to’g’risida”gi qonundan kelib chiqib davlat boji to’lashga to’g’ri keladi.

         Er-xotinlar o’rtasidagi nizo jiddiylashganda o’zaro yoki qarindosh urug’lari o’rtasida mushtlashuvlar natijasida ma'muriy huquqbuzarlik yoki jinoyatlar kelib chiqishi holatlari ham uchrab turadi. Buning natijasida aybdor shaxslar sudning hukmiga asosan jinoiy javobgarlikkka tortiladi. Er va xotining arzimagan sabab tufayli ajrashishi oqibatida farzandlarni yetim bo’lib nosog’lom oila muxitida tarbiya topishi, ota yoki onaning mexriga to’ymasdan ulg’ayishiga sabab bo’ladi. Kelgusida bunday muxitda ulg’aygan farzand jamiyatda huquqbuzar yoki jinoyatchi bo’lib yetishi extimoli mavjud. Birgina oilaviy nizolarning ortidan juda ko’p salbiy oqibatlar kelib chiqadi.

         Jamiyatlarni bino deb tasavvur qilsak, oila uning g’ishti hisoblanadi. G’ishtlar bo’lmasa, bino bo’lmaganidek, oilalar bo’lmasa, jamiyatlar bo’lmasligi turgan gap. Ana shu g’ishtlar chiroyli bo’lsa, imorat ham chiroyli chiqadi, g’ishtlar pishiq bo’lsa, imorat ham pishiq bo’ladi. (Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Baxtiyor oila”)

 

Farg’ona viloyat sudi sudya katta

                                                                              yordamchisi J.Sattarov



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram