Шрифт ўлчами Ранг Расм

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 10 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси
МЕРОС
МАДАНИЙ МЕРОС
Фарғона вилоят ҳокимлиги

Фарғона шаҳар ҳокимлигининг билдириши

 2020-11-16 22:34:55    1138

PDF юклаш
Чоп этиш


Bugun ijtimoiy tarmoqlarda muammolarni ommaga e'lon qilib, bu bilan jamoatchilik e'tiborini qaratish “urf”ga aylanib bormoqda.

Fuqaro V.Redjavalievaning Farg‘ona shahar hokimligi tomonidan uy-joyga bo‘lgan talaba qondirilmayotganligi haqidagi xabar tarqatildi. Mazkur holat yuzasidan shahar hokimligining xo‘jalik hisobidagi uy-joy bo‘limi tomonidan quyidagilar ma'lum qilinadi:

V.Redjavalieva 1983 yilda tug‘ilgan, Quva tumani “Baynalminal” mahallasidagi xonadonida doimiy ro‘yxatda turgan.

V.Redjavalieva joriy yil 12 noyabrda Farg‘ona shahar hokimligining xo‘jalik hisobidagi uy-joy bo‘limiga og‘zaki ravishda murojaat qilib, 11 noyabr' kuni Farg‘ona viloyati hokimi tomonidan Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi bog‘da o‘tkazilgan sayyor qabulida bo‘lganligini, qabulda uning shikoyati qanoatlantirilganligini og‘zaki ravishda aytgan. Unga Farg‘ona shahar, Yangi asr ko‘chasi, 120 “a”-uy, 1-xonadonni biriktirib berishni talab qilgan. Bo‘lim mutaxassisi va bo‘lim huquqshunosi tomonidan fuqaro V.Rejavalievaga uning ushbu talabi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 26 fevraldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan “Nizom” talablariga zid ekanligi tushuntirilganiga qaramay jamoat tartibini buzishga harakat qilgan.

Nizom talablariga ko‘ra, Farg‘ona shahridan uy-joy ajratilishi uchun fuqaro kamida 3 yil shaharda doimiy ro‘yxatdan o‘tgan holda yashagan bo‘lishi, belgilangan tartibda uy-joyga muhtoj shaxs sifatida navbatga olingan bo‘lishi va belgilangan navbat asosida doimiy harakatdagi Uy-joy komissiyasining qarori bilan bo‘sh uy-joylarga tavsiya etilishi belgilangan.

Bo‘lim xodimlarining qonuniy tushuntirishlarini qabul qilmagan fuqaroga nisbatan dalolatnoma rasmiylashtirilgan va kelgusida tegishliligi bo‘yicha qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga oid hujjatlar tayyorlangan.

Fuqaro V.Redjavalieva uy-joyga muhtoj ekanligi haqida vaj keltirib, uning Quva tumani “Baynalminal” MFYda hovli-joyi borligi inobatga olinib, uy-joyga muhtoj shaxs sifatida hisobga olishni istisno etuvchi holat hisoblanadi.