Юридик ва жисмоний шахслар томонидан веб сайт орқали бўлган мурожаатлар
Жами мурожаатлар: 38Ишонч телефони статистикаси
РАСМИЙ МУНОСАБАТ
2024-07-27 12:29:37 1510
Farg‘ona shahar, Ma’rifat mahalla fuqarolar yig‘ini, Movarounnaxr ko‘chasi 12-uy va Yuksalish ko‘chasi 87-ko‘p qavatli uylarning texnik holati va obodonlashtirishi yuzasidan tanqidiy videorolik e’lon qilindi.
Mazkur tanqidiy murojaat, Farg‘ona viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi, viloyat Prokuraturasi tomonidan nazoratga olinib, joyida o‘rganib chiqildi. Aniqlanishicha,
Farg‘ona shahar, Ma’rifat mahalla fuqarolar yig‘ini, Movarounnaxr ko‘chasi 12-uy va Yuksalish ko‘chasi 87-ko‘p qavatli turar-joy binolari joylashgan bo‘lib, 88 ta xonadondan iborat. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 12-aprel kungi 32-sonli qonuniga asosan mulkdorlarning umumiy yig‘ilish bayoniga asosan “Tezkor davr” xususiy uy-joy mulkdorlar shirkati tashkil etilib, xizmat ko‘rsatib kelgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-aprel kungi PQ-2922-sonli qarorining 1-ilovasi (2017-2020 yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondining umumiy foydalaniladigan joylarini mukammal va joriy ta’mirlash parametrlari)ga asosan 2017-2018-yil manzilli dasturiga asosan “Tezkor davr” XUJMShga 2019 yil mobaynida “Universalbank” AJ Farg‘ona filiali tomonidan, mulkdorlarning umumiy yig‘ilishida aholining roziligiga asosan 46,6 mln.so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, 2 ta ko‘p qavatli uylarni tom qismlari joriy ta’mirlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-5152-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-fevral kungi 47-sonli qarorlariga asosan 2022-yilda Farg‘ona shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limining “Ko‘p kvartirali uy-joylarni ochiq tanlov asosida boshqaruvchi tashkilotga biriktirish to‘g‘risida tanlab olish komissiyasi”ning yig‘ilish bayoni bilan, Ma’rifat mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Tezkor davr” MChJ tanlab olingan. Shu davrdan buyon “Tezkor davr” MChJ boshqaruv servis kompaniyasi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Bir necha bor Farg‘ona shahar Qurilish va uy-joy kommunal bo‘limi hamda viloyat boshqarmasi vakillari va “Ma’rifat”MFY raisi ishtirokida ushbu ko‘p qavatli uylarda yashovchi mulkdorlarga “Komfort ta’mir” BSKga o‘tish taklifini berish maqsadida yig‘ilish o‘tkazilganda mulkdorlar tomonidan rad etilgan.
Xozirgi kunda, ushbu ko‘p qavatli uylarga “Tezkor davr” shirkati xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Lekin, Movarounnaxr ko‘chasi 12-uy va Yuksalish ko‘chasi 87-ko‘p qavatli uylar qarovsiz axvolga kelib qolgan. Shaxar obodonlashtirish ishchilari yordamida obodonlashtirish bo‘yicha kamchiliklar bartaraf etildi. Ushbu ko‘p qavatli uylarni texnik soz xolda ushlash maqsadida ushbu ko‘p qavatli uylarda yashovchi mulkdorlarga yana bir bor boshqaruv servis kompaniyasiga o‘tish taklifi berildi.
“Tezkor davr” shirkati tomonidan ko‘p qavatli uylarni tom qismini joriy ta’mirlash maqsadida “Universalbank” AJ Farg‘ona filialidan olingan imtiyozli 46,6 mln.so‘m krediti oylik to‘lovi o‘z vaqtida amalga oshirib kelinmoqda. Xozirgi kun (01.07.2024) xolatiga shirkatning kredit qarzdorligi 27,6 mln.so‘mni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 7 noyabr kungi 2020-yil 1-avgustdan kuchga kirgan “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘RQ-581-sonli qonunining 16-moddasida “Joylarning mulkdorlari umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarni birgalikda zimmasiga olishi shart ekanligi, Joy mulkdorining umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarda ishtirok etish ulushi ko‘p kvartirali uyning umumiy maydonidagi mulkdorga qarashli joy maydoni ulushiga mutanosib ravishda ko‘p kvartirali uyning kadastr pasportiga muvofiq belgilanishi, Joylarning mulkdorlari umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha xarajatlarni har oyda, qoida tariqasida, pul shaklida to‘lashi shart ekanligi hamda Mulkdorning o‘ziga qarashli joydan foydalanmasligi yoxud umumiy mol-mulkdan foydalanishdan voz kechishi uni umumiy xarajatlarda ishtirok etishdan to‘liq yoki qisman ozod etmaydi” deb belgilab qo‘yilgan.
Bundan tashqari Uy-joy kodeksining 132-moddasida “Ko‘p kvartirali uydagi turar joylarni va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarni va umumiy mol-mulkni saqlash xarajatlari:
Ko‘p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdori o‘ziga qarashli turar joyni o‘z hisobidan tegishli texnik va sanitariya holatida saqlaydi, shuningdek ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasini saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Ko‘p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari umumiy xarajatlarni, qoida tariqasida, majburiy badallar shaklida birgalikda zimmalariga oladilar, bu badallar ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni boshqarish, unga xizmat ko‘rsatish, uni joriy va kapital ta’mirlash hamda ko‘p kvartirali uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasini saqlash xarajatlarining o‘rnini qoplashi kerak deb ko‘rsatib qo‘yilgan.