Шрифт ўлчами Ранг Расм

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 66 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси
МЕРОС
МАДАНИЙ МЕРОС
Фарғона вилоят ҳокимлиги

Пенция таъминотига оид маълумотлар

×

 2022-06-27 10:54:59    441

PDF юклаш
Чоп этиш


Savol: 2022 yil 1 maydan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 apreldagi PF-128-sonli farmoniga asosan pensiyalar miqdori qanchaga oshirildi?
Javob: 1. 2022 yil 1 maydan boshlab yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari miqdori 12 foizga oshirildi.
2. 2022 yil 1 maydan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori - oyiga 324 000 soʻm;- yoshga doir eng kam pensiya miqdori - oyiga 633 000 soʻm;- nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori - oyiga 698 000 soʻm;- mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori- oyiga 698 000 soʻm;- 1941 — 1945 yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda - oyiga 3 080 000 soʻm;-  belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (633 000 soʻmdan) 698 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori-oyiga 698 000 soʻm etib belgilandi.
3. Pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni minimal isteʼmol xarajatlari qiymatidan kam boʻlmagan miqdorlarda belgilash maqsadida 2022 yil1 maydan boshlab:- zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori - oyiga 500 000 soʻm;- ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda - oyiga 500 000 soʻm;- boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori - oyiga 500 000 soʻm etib belgilansin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun - 185 000 soʻmdan qoʻshildi;- boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori - oyiga 500 000 soʻm etib belgilansin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanmoqda.

Savol: Pensiya yoki nafaqaga huqui paydo bulganda qachondan boshlab pensiya yoki nafaqa tayinlanadi?Javob: Yoshga doir nafaqa tayinlashni soʻrab ushbu Nizomning6-bandida nazarda tutilgan yoshga toʻlgandan soʻng oltmish kun ichida;nogironlik nafaqasini tayinlashni soʻrab nogironlik guruhi belgilanganidan soʻng oltmish kun ichida;boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasini tayinlashni soʻrab nafaqa olish huquqiga ega boʻlgan shaxs vafot etgan kundan boshlab olti oy ichida;parvarishlash nafaqasini tayinlashni soʻrab nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bola oʻzgalar parvarishiga muhtojligi belgilanganidan soʻng oltmish kun ichida murojaat etilgan boʻlsa, nafaqa uni olish huquqi paydo boʻlgan kundan eʼtiboran tayinlanadi.Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi va tarqalishi munosabati bilan cheklovchi choralar (karantin) joriy etilganda, agar fuqarolar cheklovchi choralar (karantin) davrida yoki ular tugatilgandan keyin nafaqa tayinlashni soʻrab bir oy ichida murojaat qilgan boʻlsa, ularga nafaqa uni olish huquqi yuzaga kelgan kundan eʼtiboran tayinlanadi.Qolgan barcha holatlarda nafaqa murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.«Nafaqalar nogironlik muddati belgilangan soʻnggi oy uchun, mehnatga layoqatli boʻlmagan oila aʼzosining 18 yoshga toʻlgan oy uchun, oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan bola 18 yoshga toʻlgan oy uchun toʻliq miqdorda toʻlanadi»; «Saxovat» uylarida hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatlarida yashovchi shaxslarga, Davlat xizmatlari markaziga qilgan murojaatlariga asosan nafaqaning 20 foizi toʻlanadi.