Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

ZАMONDOSH

×

 2023-03-17 09:58:20    713

PDF yuklash
Chop etish


Fargʼona shahridagi 40-IDUMda fidoyi ustozlar koʼpchilikni tashkil qiladi. Ulardan biri 1-toifali biologiya fani oʼqituvchisi Iroda Аbdullaevadir.


Iqidorli muallima ish faoliyatini Samarqand viloyatida oʼqituvchilikdan boshlagan. 2008 yildan buyon esa mazkur muassasada ishlamoqda.


Oʼz faoliyati davomida u turli koʼrik-tanlovlar, seminar va xalqaro anjumanlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Oʼtgan yillar davomidagi uning tinimsiz mehnatlari oʼz samarasini bera boshladi.


2018-2019-oʼquv yilida «Eng yaxshi metodik qoʼllanma» Respublika koʼrik-tanlovida sovrinli oʼrinlarni egalladi. 2020 yilda YuNISEF tashkiloti tomonidan oʼtkazilgan onlayn konferentsiyada ilmiy metodik maqolalari bilan ishtirokida va 2021 yilda STEM, STEAM, STREAM dasturlari doirasida oʼtkazilgan test natijalariga koʼra xalqaro sertifikatni qoʼlga kiritdi. 


2022 yilda «Fan toʼgaraklari» koʼrik-tanlovi Respublika bosqichida 2-oʼrinni egalladi.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati