Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Favqullotda holatlarni oldini olish boʼyicha ochiq muloqot oʼtkazildi

×

 2022-12-01 21:36:33    194

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Fargʼona shahar boʼlimi xodimlari tomonidan “Yongʼin xavfsizligi oyligi” doirasida xamda 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda yongʼin xavfsizligini taʼminlash maqsadida doimiy ravishda aholi oʼrtasida profilaktik tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda.


Jumladan, bugun Fargʼona politexnika institutining majlislar zalida Fargʼona shahar sektor rahbarlari, Fargʼona viloyati harbiy prokuraturasi hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan ochiq muloqot oʼtkazildi. 


Unda Fargʼona shahridagi barcha mahalla fuqarolar yigʼini raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda shu hududda yashovchi aholi vakillari ishtirok etishdi. Yigʼilish ishtirokchilariga masʼul xodimlar tomonidan Respublikamizda oʼtkazilayotgan “Yongʼin xavfsizligi oyligi” doirasida yongʼin xavfsizligini taʼminlash, gaz va havo aralashmasining chaqnashi bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlarni oldini olish, shuningdek, tabiiy gazdan va maishiy gaz ballonlaridan toʼgʼri foydalanish, sifatsiz, uy sharoitida tayyorlangan tuzlama mahsulotlaridan zaharlanish kabi xolatlarni oldini olish boʼyicha tegishli maʼlumotlar hamda tavsiyalar berib oʼtildi. 


Tadbir davomida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi masʼul xodimi podpolkovnik Z.Kadirov viloyatimiz hududida is gazi va yongʼinlar bilan bogʼliq sodir boʼlayotgan baxtsiz hodisalar viloyat rahbariyatini tashvishga solayotgani toʼgʼrisida alohida toʼxtalib, bu kabi koʼngilsiz holatlarni oldini olishda mahalla faollarining yordami zarurligini taʼkidlab oʼtdi. 


Yigʼilish soʼngida Fargʼona shahar hokimi Vosiljon Nazarov mahalla faollariga oʼzlarining hududlarida hamkor tashkilotlar vakillari bilan targʼibot tadbirlarini doimiy ravishda oʼtkazib borish va bu orqali sodir boʼlishi mumkin boʼlgan baxtsiz hodisalarni oldini olish mumkinligini taʼkidlab oʼtdi. Sektor rahbarlari tomonidan masʼullarga kun tartibidagi masalalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati