Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Xotin-qizlar faollari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha ochiq muloqot oʻtkazildi

×

 2022-07-04 11:31:59    576

PDF yuklash
Chop etish


Xotin-qizlar faollari tomonidan oilalar va xotin-qizlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni olib borish, ommaviy  sport tadbirlarini oʻtkazish, jamoatchilik tuzilmalari ishini samarali tashkil etish boʻyicha Fargʻona shahar hokimligida masalaga dahldor masʼullar ishtirokida ochiq muloqot  oʻtkazildi. Unda Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, sektorlar rahbarlari, Respublika Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Dilshoda Mirzajonovalar ishtirok etishdi.
Yigʻilishni shahar hokimi V.Nazarov ochib, kun tartibidagi masala yuzasidan yigʻilganlarga tushuncha berib oʻtdi. Mazkur sohani rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan Farmonlarda belgilangan imtiyoz va imkoniyatlar, xotin-qizlar faollari tomonidan oilalar va xotin-qizlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni olib borish, ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish, jamoatchilik tuzilmalari ishini samarali tashkil etish,  xotin-qizlar bilan bogʻliq hamda oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlar, ularni oldini olish borasida mutasaddi tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini hamda davlat organlari tomonidan xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlar faollarining ish faoliyatidagi uchrayotgan muammo va takliflarini eshitish hamda koʻtarilgan masalalarni hal etish boʻyicha kerakli tavsiyalar berildi. 
Fargʻona shahrida ham yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ayollarni reabilitatsiya qilish, xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil etilganligi aytib oʻtildi. Shundan soʻng, Respublika Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Dilshoda Mirzajonova Muhtaram Prezidentimizning joriy yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-87-son Farmonida xotin-qizlarning huquqiy bilimlarini oshirish, xotin-qizlar oʻrtasida maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha muayyan tadbirlar belgilanganligi, muddatlari va masʼullar aniq koʻrsatilganligiga alohida eʼtibor qaratdi.
Shuningdek, mahallalar va oilalarning ijtimoiy-maʼnaviy muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan holatlar(oilaviy ajralishlar, jinoyatchilik, erta nikoh, noqonuniy nikohlar)ning oldini olish jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri boʻlib kelayotganligi, bugungi kunda roʻy berayotgan muhim ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy oʻzgarishlar aholi ongiga turlicha taʼsir qilayotganligini misollar bilan taʼkidlab oʻtildi.
Shu oʻrinda xotin-qizlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish, ularning taʼsirchanligini oshirish muhim ahamiyatga ega ekanligi, salbiy holatlarning maʼnaviy boʻshliqlardan kelib chiqishini, bunday holatlarning oldini olishning birdan-bir yoʻli – bu, albatta, maʼnaviy-maʼrifiy taʼsir choralari ekanligi boʻyicha ishtirokchilarga tushunchalar berildi.
Ochiq muloqot davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar javob berishdi. Kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.