Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

«Ochiq byudjet» jarayoni orqali eng koʻp ovoz bilan gʻolib boʻlgan shaharimizdagi tibbiyot muassasalariga salkam 3 mlrd. soʻmlik tibbiy jihozlar olib kelindi

×

 2022-06-27 10:12:57    326

PDF yuklash
Chop etish


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 sentabrdagi «Ochiq byudjet» axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5250-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida «Ochiq byudjet» axborot portaliga Fargʻona shahar tugʻruq kompleksi va 3, 4, 5, 6 va 7-sonli oilaviy poliklinikalarga tibbiy jihozlar olish uchun taklif kiritilgan boʻlib, ushbu taklif ishchi komissiya va Fargʻona shahar tibbiyot birlashmasining tegishli xulosasiga asosan qabul qilindi va ovoz berish jarayoniga oʻtkazildi. 
Fargʻona shahridagi tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilish maqsadida shahrimiz fuqarolari ovoz berish jarayonida faol ishtirok etdilar.
Tugʻruq kompleksiga 6 turdagi tibbiy jihozlar, jumladan infuziya nasosi, operatsiya stoli jamlanmasi, pulsoksimetr va boshqa tibbiy asbob-anjomlar yetkazib berildi. Poliklinikalarga ham zamonaviy tibbiy jihozlar ajratildi.
Ushbu zamonaviy tibbiy jihozlar tugʻruq vaqtiga yetmasdan dunyoga kelayotgan chaqaloqlarning salomatligini saqlashda ham yaqindan yordam beradi.