Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

"Temurbeklar maktabi"ning oʻqituvchi va oʻquvchisi respublikada birinchi boʻlishdi

×

 2022-06-13 09:33:04    459

PDF yuklash
Chop etish


Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Fanlar akademiyasi tarix instituti, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa, Ichki Ishlar hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamkorligida mamlakatimizdagi "Temurbeklar maktabi" hamda "Yosh chegarachilar" harbiy-akademik litseylari oʻrtasida "Yangi Oʻzbekistonga qanot boʻlamiz!" shiori ostida "Eng namunali taʼlim muassasasi", "Eng namunali oʻqituvchi" va "Eng namunali oʻquvchi" tanlovlari oʻtkazildi.
Eng quvonarlisi, Fargʻona shahridagi "Temurbeklar maktabi"ning oʻqituvchi va oʻquvchilari mazkur tanlovda faol ishtirok etishdi. "Eng namunali oʻqituvchi" tanlovida Husniddin Qoraboyev, "Eng namunali oʻquvchi" tanlovida Asilbek Qurbonboyevlar tanlov gʻolibligini qoʻlga kiritishdi. 
Bugun tanlov gʻoliblari keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Margʻilon shahridagi temiryoʻl vokzalida tantanali kutib olindi. Shundan soʻng, "Temurbeklar maktabi"da tadbir tashkillandi. Koʻtarinki ruhda oʻtgan tadbirni maktab direktori Behzodjon Ismatov ochib, gʻoliblarni muborakbod etdi. Shundan soʻng, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbar oʻrinbosari Shavkatjon Toʻychiyev, shahar boʻlinmasi rahbari Azizbek Soyibnazarov hamda ustoz va murabbiylar tanlov ishtirokchilarini qutlashib, keyingi ishlarida muvaffaqiyatlar tilashdi. Gʻoliblarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Tadbir davomida shahrimizdagi taʼlim muassasalarining ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar hamda iqtidorli oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan madaniy dastur ham namoyish etildi.