Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Pensiya taʼminotiga doir yangiliklardan xabardormisiz?

×

 2022-05-25 18:41:58    307

PDF yuklash
Chop etish


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Sh.Mirziyoyev tomonidan 2022 yil 9 fevralda imzolangan “Fuqarolarning va tadbikorlik subʼektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshmchalar kiritish toʻgʻrisda”gi qonuniga asosan Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” gi  qonuniga quyidagi  tartibda oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritildi:
✅Xususan, nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar deb topilganlarga, shuningdek Chernobilь AESdagi avariya tufayli mayib boʻlish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi boʻlganlarga   nogironlik pensiyalari tayinlandi. 
✅Bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 18 yoshga toʻlmagan boʻlsa yoki 18 yoshdan katta boʻlsa, agar ular 18 yoshga toʻlguniga qadar nogironligi bor bola boʻlib qolgan boʻlsa, oilaning mehnatga qobiliyatsiz aʼzolari hisoblanadilar. Bunda basharti, agar aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi boʻlmasa, yoki uni oʻrnini egallagan shaxslarga vasiylik va xomiylik boʻyicha hokim qaroriga asosan ularga tayinlanadi.
✅Otasi yoki onasi vafot etgan bolalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari 16 yoshga toʻlgunga qadar, oʻquvchilarga esa 18 yoshga toʻlgunga qadar tayinlab toʻlanar edi. Joriy yil, 9 fevraldan boshlab taʼlim tashkilotlarining oʻquvchilari va talabalari oʻqishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga toʻlguniga qadar boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olish huquqiga ega boʻldi.
✅Shuningdek, qonunning 37- moddasi “d” bandi  16 yoshgacha boʻlgan nogironligi bor bolaga qarab turilgan vaqtni mehnat stajiga qoʻshib olish nogironligi bor bolalarning yoshi 18 yosh qilib belgilandi.
✅Qonunning 37- moddasi “j” bandiga asosan koʻp bolali onalarning  bolalariga qarab turgan davri koʻpi bilan 3 yil qoʻshib berilar edi. Yangi tahrirdagi qonunga koʻra, 10 fevraldan boshlab yangitdan nafaqaga chiquvchilarning mehnat stajlariga agarda ular 6 yildan koʻproq bolaga qarab turgan boʻlsalar, koʻpi bilan 6 yil qoʻshib beriladi.

Maxsudali Topvoldiyev,

Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Fargʻona shahar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari.