Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

RO’YXATGA OLISH JARAYONIDA DEMOGRAFIK XUSUSIYATLARNI ANIQLASH

×

 2021-12-28 12:14:12    648

PDF yuklash
Chop etish


Aholining “jinsi”, “yoshi” va “nikoh holati” demografik xususiyatlari turli xil ijtimoiy-iqtisodiy va demografik masalalarni tushunishga yordam berish uchun ro’yxatga olish boshqa ma'lumotlarini tasniflash va ularni taqdim yetishda muhim hisoblanadi. Jins va yoshga kelsak, bu ma'lumot ro’yxatga olish doirasida so’rov bilan qamrab olinadigan har bir shaxs bo’yicha ma'lumot yig’ilishi shart. Shundan kelib chiqqan holda, bunday ma'lumotlar tugallanmagan hollarda, “aniqlanmagan” javob variantini oldini olish maqsadida shartli yoki qo’shimcha belgilardan foydalanish tavsiya yetiladi.

           Ro’yxatga olish milliy darajada tug’ilishni baholashni samarali tarzda hisoblash uchun ma'lumotlarni to’plash imkonini beradi. Ro’yxatga olish doirasida tug’ilishni o’rganish aholining tabiiy harakati statistikasining ishonchli tizimiga ega bo’lmagan mamlakatlarda, uning ma'lumotlarini hisoblash uchun taqdim etish imkoniyati tufayli boshqa hollarda mumkin bo’lmagan aholining tabiiy harakati ko’rsatkichlarini ololmasligi uchun juda muhim hisoblanib, hatto tug’ilishni to’liq ro’yxatga olish tizimiga ega mamlakatlar ham, ba'zi bir savollarni (“tirik tug’ilgan bolalar” soni, “yashayotgan bolalar”, “nikohga kirish yoshi”) qo’shish foydali hisoblanadi. Negaki, registr ma'lumotlarida mavjud bo’lmagan ma'lumotlarni, jumladan, ijtimoy-iqtisodiy xususiyatlarini aks ettirgan jadvallarni olish imkonini beradi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram