Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FUQARO TOPVOLDIYEV AZIZBEKNING MUROJAATGA RASMIY MUNOSABAT

×

 2021-11-10 13:21:00    568

PDF yuklash
Chop etish


Fuqaro Topvoldiyev Azizbekning ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo’layotgan uy-joy masalasidagi murojaati bo’yicha Farg’ona shahar hokimligining xo’jalik hisobidagi Uy-joy bo’limi quyidagilarni ma'lum qiladi.

Aniqlanishicha, 09.12.1998 yilda tug’ilgan fuqaro A.Topvoldiyevni Farg’ona shahar hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha hududiy komissiyasining 17.08.2005 yildagi 65/1-sonli qaroriga asosan Marg’ilon shahar, 1-sonli “Mehribonlik uyi”ga joylashtirilgan. Ushbu muassasada tarbiyalanib chiqqan A.Topvoldiyev Farg’ona shahar Qirguli Sanoat va qurilish kasb-hunar kollejiga qabul qilinib, o’qish jarayonida ushbu ta'lim muassasasining yotoqxonasida yashab kelgan.

O’qishni tamomlaganidan so’ng, Farg’ona shahar Xalq ta'limi bo’limining 11.03.2019 yildagi “Turar joyga muhtoj bo’lgan yetim va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni hisobga qo’yish to’g’risida”gi 10/115-sonli taqdimnomasiga asosan fuqaro A.Topvoldiyev O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.08.2010 yildagi 164-sonli qaroriga muvofiq uy-joyga muhtojlar sifatida hisobga olingan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.08.2010 yildagi “Etim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni turar joy bilan ta'minlash to’g’risida”gi 164-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomining 3-bandida “Etim bolalarga va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarga turar joylar Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan maqsadli kommunal uy-joy fondidagi uylardan yoki vaqtincha foydalanilmayotgan, davlat mulki bo’lgan yotoqxonalardagi, uy-joylardagi hamda ko’p kvartirali uylardagi bo’sh turgan kvartiralardan beriladi” deb ko’rsatilgan.

Davlat uy-joy fondidagi turar joylar (ko’p qavatli kvartiralar) qurilishi 1994 yillarda tugatilgan bo’lib, xozirgi kunga kelib o’sha davrda berib bo’lingan turar joylar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom etirish to’g’risida”gi 1993 yil 1 mart kungi 114-sonli qaroriga muvofiq xonadon egalari tomonidan xususiylashtirib bo’linganligi sababli, birinchi navbatda turar joy bilan ta'minlanishi zarur bo’lgan ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar va uy-joyga muhtoj sifatida hisobga olingan nogiron va nogironi bor oilalarni turar joylar bilan ta'minlashda muammolar kelib chiqmoqda.

Davlat uy-joy fondi hisobidan yangi qurilgan yoki bo’sh turgan turar joylar mavjud bo’maganligi sababli, aholini uy-joyga muhtoj qatlamini qo’llab-quvvatlash hamda foydalanilmay turgan davlat ob'ektlaridan samarali foydalanish maqsadida, Farg’ona viloyati hokimligi hamda Farg’ona shahar hokimligining hamkorligida Farg’ona shahar, Farg’ona ko’chasi, 61-uyda joylashgan 3 qavatli binoni qayta rekonstruktsiya qilinib, yashash binosiga aylantirilgan.

Ushbu bino foydalanishga qabul qilingandan so’ng, Farg’ona viloyati hamda Farg’ona shahar hokimliklari tomonidan ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar, nogiron hamda nogironi bor oilalarga ajratib beriladigan xonadonlar zaruriy uy jihozlari bilan ta'minlangan.

So’ngra, ushbu yotoqxona foydalanishga qabul qilinishi munosabati bilan Farg’ona viloyati hokimi hamda Farg’ona shahar hokimligi tomonidan o’tkazilgan tantanali ochilish marosimida xonadonlar ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar hamda fuqarolarga Farg’ona shahar hokimining 17.01.2018 yildagi 52-sonli qarori asosida topshirilib, shu qatorda fuqaro A.Topvoldiyevga ham (zaruriy uy jihozlari bilan ta'minlangan) 23-xonadon topshirilgan.

Keyinchalik, (voyaga yetgan) A.Topvoldiyev o’zi yashab kelayotgan yotoqxonada umume'tirof etilgan odob-ahloq normalariga amal qilmay u yerdagi mavjud oilalarning tinchligini buzib, ularning haqli e'tirozlariga sabab bo’lganligi bois, o’z xohishiga ko’ra, yashab kelayotgan xonadonini tark etgan.

Shundan so’ng, fuqaro A.Topvoldiyev Farg’ona shahar hokimligiga yashab kelgan xonadonini tashlab ketganligidan pushaymonligi, shuningdek, yuqorida qayd etib o’tilgan holatlar qayta takrorlanmasligini bildirib takroran uy-joy bilan ta'minlanishini so’ragan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.08.2010 yildagi 164-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomining 7-bandida “Etim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarga turar joy olish huquqi bir marta beriladi” deb qat'iy belgilab qo’yilgan bo’lsada, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg’ona shahridagi Xalq qabulxonasi vakillarining aralashuvi bilan uning manfaatlarini ko’zlab Farg’ona shahar, Farg’ona ko’chasi, 6-sonli oilaviy yotoqxonaning 34-xonadoni barcha qulayliklari bilan ta'minlangan holda, Farg’ona shahar hokimining 2021 yil 10 mart kungi 128-sonli qaroriga asosan 2021 yil 11 martdagi 000542-sonli order bilan fuqaro A.Topvoldiyevga biriktirib berilgan. Fuqaro hozirgi kunda ushbu xonadonda yashab kelmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 iyuldagi kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan video selektor yig’ilishining 39-2021-sonli bayonining 25.2.12-bandida uy-joy bilan ta'minlanmagan 757 nafar yetim bolalar aniqlangan bo’lib, Qoraqolpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan uy-joy bilan ta'minlash hamda ularga uy-joylarni jihozlashga ko’maklashish topshirig’i berilgan.

Ma'lumki, Uy-joy bilan ta'minlanmagan 757 nafar yetim bolalar ro’yxatiga fuqaro A.Topvoldiyev kiritilmagan.

Shu o’rinda, fuqaro A.Topvoldiyevning murojaatida ko’rsatilgan vajlar uning arizasiga asosan o’zi yashab kelayotgan xonadonini davlat uy-joy fondidagi bo’shaydigan kvartiraga almashtirib berilishi Farg’ona shahar hokimligining doimiy harakatdagi kommisiyasining xulosasi bilan qonun doirasida hal etilishini ma'lum qilamiz.

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram