Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2021-07-16 23:13:53    660

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda A.Navoiy ko’chasi, 45, 45A, 47- va 47B-sonli ko’p qavatli turar-joy binolari oralig’idagi bolalar maydonchasi o’rnida ko’p qavatli turar-joy binosi qurilishi to’g’risida maqola e'lon qilingan edi.

 Shunga ko’ra, maqolada keltirib o’tilgan vajlar yuzasidan Farg’ona shahar hokimligi va Farg’ona shahar qurilish bo’limi boshlig’i masalani joyida atroflicha o’rganib, quyidagilarni ma'lum qiladi:

Murojaat bo’yicha ya'ni, Farg’ona shahar, “Do’stlik” MFY xududi 

47-sonli ko’p qavatli turar-joy binosi yoniga borib ko’rilganda, 

36x14 xajmda temir to’siqlar bilan o’rash ishlari bajarilganligi aniqlandi.

Ushbu xududda istiqomat qiluvchi axoli bilan suxbat o’tkazilganda, bolalar maydonchasi yo’qligi sababli noroziliklarini bildirishdi.

Ob'ekt bo’yicha tegishli hujjatlar ko’zdan kechirilganda, Farg’ona shahar hokimining 2021 yil 4 iyun kungi 417-sonli qaroriga asosan Farg’ona shahar, A.Navoiy ko’chasi, 47-sonli ko’p qavatli turar-joy binosi yonida joylashgan jami 400,0 kv.metr bo’sh yer maydonida qurilishi rejalashtirilayotgan (5) besh qavatli, birinchi qavatining 150,0 kv.metr qismida “Do’stlik” mahalla fuqarolar yig’ini xodimlari va profilaktika inspektori uchun ma'muriy xonalar qurib berish sharti bilan qolgan qismi va qavatlarida turar-joy binosi hamda atrofini obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish uchun yer maydoni ajratib berilgan.

Loyiha tashabbuskorining ishchi loyiha hujjatlarida “Do’stlik” mahalla fuqarolar yig’ini xodimlari va profilaktika inspektori uchun ma'muriy xonalardan tashqari bolalar maydonchasi va avtoturargox hamda tutash xududlarni obodonlashtirish ko’rsatilgan.   

Farg’ona shahar hokimining 2021 yil 4 iyun kungi 417-sonli qarori O’zbekiston Respublikasi “Er Kodeksi”ning 7 va “Shaharsozlik Kodeksi” ning 20-moddasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 

18 fevral kungi “O’zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-4602-sonli va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 02 aprel kungi “Obod Qishloq” va “Obod Mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-5048-sonli qarorlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 

16 noyabr kungi “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta'minlash hamda yer uchastkalarini olib qo’yish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 911-sonli qarori Nizomi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 28 yanvar kungi “Er uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 63-sonli qaror Nizomi talablari asosida rasmiylashtirilgan bo’lib, qurilish ishlari to’xtatilganligini ma'lum qiladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram