Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARG’ONA SHAHRIDA TIBBIYOT MUASSASALARINI MODDIY TEXNIKA BAZASINI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

×

 2021-05-06 18:06:21    697

PDF yuklash
Chop etish


Respublikamizda ohirgi 5 yil davomida Muhtaram Prezidentimizning bevosita rahnamoligida Sog’liqni saqlash tizimida mutlaqo yangi tartib o’rnatish borasida katta o’zgarishlar bo’lmoqda. Xususan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 yanvar kungi PQ-4565 sonli qaroriga asosan Farg’ona shahrida 2020 yil Investitsiya dasturiga asosan markaziy shifoxonada 105 o’rinli tug’ruq kompleksi qurilishi belgilangan.  2021 yil 1 yanvar holatiga 18 mlrd. 500 mln. so’mli qurilish ishlari moliyalashtirilib amalga oshirilgan. Bu rejalashtirilgan qurilish ishlariga nisbatan 95% ni tashkil etadi. Bino qurilishi 2021 yilda tugatilib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Joriy yilning 12 oyi davomida shahar tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi muassasalarni joriy ta'mirlanishi uchun byudjetdan 1mlrd. 260 mln, byudjetdan tashqari mablag’lardan 324 mln. so’m mablag’ ajratilgan. Jami bo’lib esa 1 mlrd.584 mln. so’m mablag’ sarflangan.

Joriy yilda “Obod maxalla” dasturi doirasida “Oq-ariq” oilaviy shifokorlik punktini qayta tiklash uchun 100 mln so’mlik ta'mirlash ishlari yakunlanmoqda, “Yormozor”oilaviy shifokorlik punktini ta'mirlanishi uchun 350 mln so’m mablag’ ajratilib ta'mirlash ishlari davom etmoqda. Bundan tashqari ”Oqariqobod” MFY hududida yangidan oilaviy shifokorlik punktini qurilishi uchun 650 mln so’m mablag’ ajratilgan, loyiha xujjatlari tayyorlanadi va qurilish ishlari boshlanish arafasida. 

Shuningdek shahrida prezidentimiz tomondan, har-bir shahar tumanlarda ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar poliklinikasi tashkil qilinishi bo’yicha berilgan topshiriqlariga asosan Respublikada birinchi bo’lib tashkil qilingan bolalar poliklinikasi binosini ta'mirlash ishlari rejalashtirilgan bugungi kunda harajatlar loyihasi ustida ish olib borilmoqda.

g’ona shahar tibbiyot birlashmasi mussasalarini moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun joriy yilning 12 oyi davomida jami 16 mlrd 765 mln 307 ming so’mli tibbiy hamda qattiq va yumshoq jihozlar byudjet, byudjetdan tashqari mablag’lar va homiylar hisobidan olindi. Shahar tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi barcha muassasalarga optik tolali tizim to’liq kiritildi. Buning natijasida bugungi kunda shaharning 7 ta oilaviy poliklinikalarida aholining elektron bazasi yaratildi va aholiga qulaylik yaratish maqsadida shaharning 5 sonli oilaviy poliklinikasida “Elektron navbat ”tizimi joriy etildi. Qolgan oilaviy poliklinikalar ham bosqichma bosqich elektron poliklinika tizimiga o’tkaziladi. Bu ham prezidentimiz aytganlaridek raqamli tibbiyot tizimini yaratish orqali, aholiga sifatli va qulay bo’lgan tibbiy xizmatni yo’lga qo’yishda muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Muhtaram Prezidentimizning sa'y-harakatlari bilan sog’liqni saqlash tizimi jahon andozalariga mos yuqori texnologiyali raqamli tibbiy jihozlar bilan ta'minlanmoqda, shu qatorda shahrimiz tibbiyot muassasalarida bemorlarga zamon talablariga monand ravishda yuqori malakali tibbiy yordam ko’rsatish maqsadida shahar markaziy shifoxonasiga byudjet mablag’laridan 579 mln 574 ming so’mga zamonaviy raqamli portotiv rentgen apparati 1 dona va 6 dona kompyuter jamlanmasi bilan ta'minlandi. Byudjetdan tashqari mablag’ hisobidan 339 mln 950 ming so’mga tibbiy muzlatgich 15 dona va sovutgich 12 dona sotib olingan. Bundan tashqari markazlashgan byudjet mablag’i hisobidan 2 mlrd 525 mln 487 ming so’mga aparat SIPAP, kislorod kontsentratorlari, suniy nafas apparatlari va ko’chma rentgen aparati sotib olingan bo’lib, jami 3 mlrd 445 mln  so’m mablag’ sarflangan.  

2020 yilda shahar 1-sonli shifoxonasining byudjetdan tashqari 77 mln 326 ming so’m mablag’iga EKG 2ta, kislorod konsentrator 11 ta va 3 dona Bobrov apparatlari sotib olingan.


Shahar tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi davolash profilaktika muassasalarida 2020 yil davomida byudjet mablag’laridan 579 mln 574 ming so’m byudjetdan tashqari 5 mlrd 120 mln 637 ming so’ik tibbiy apparatlar sotib olingan. Shahar tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi davolash profilaktika muassasalarida 2020 yil davomida byudjet mablag’laridan 281 mln 792 ming so’m byudjetdan tashqari 264 mln 777 ming so’mlik tibbiy apparatlar sotib olingan. Farg’ona shahar tibbiyot birlashmasi muassasalarini moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun joriy yilning 12 oyi davomida jami 16 mlrd.765 mln.307 ming so’mlik tibbiy hamda qattiq va yumshoq jihozlar byudjet, byudjetdan tashqari mablag’lar va homiylar hisobidan olindi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram