Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Fargʼona shahar hokimligida xalq deputatlari Fargʼona shahar kengashining oʼn toʼqqizinchi sessiyasi boʼlib oʼtdi

×

 2020-12-12 18:04:55    1172

PDF yuklash
Chop etish


Fargʼona shahar hokimligida xalq deputatlari Fargʼona shahar kengashining oʼn toʼqqizinchi sessiyasi boʼlib oʼtdi.


Sessiya ishida deputatlar, sektor rahbarlari, shahar hokimining oʼrinbosarlari, boshqarma, tashkilot, muassasa rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibda Fargʼona shahrida 2020 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari hamda kelgusi yilgi rejalarga bagʼishlangan shahar hokimining aholiga MUROJААTI eshitildi.


Shahar hokimining murojaatida shaharda ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, taʼlim, fan, madaniyat, turizm, sport, sogʼliqni saqlash, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, qishloq xoʼjaligi, raqamli texnologiyalar, muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida soʼz yuritiladi. Shuningdek, investitsiyalar, eksport, sanoat ishlab chiqarish, qurilish va bunyodkorlik ishlari, shuningdek, koronavirus pandemiyasi davrida “Saxovat va koʼmak” umumxalq harakati doirasida qilingan ishlar, “Temir daftar”, “Аyollar daftari”, “Yoshlar daftari” bilan ishlash, kambagʼallikni qisqartirish boʼyicha qilingan ishlar toʼgʼrisida maʼlumot berildi.

Bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan olib borilayotgan odilona siyosatlari tufayli hamda qabul qilayotgan Farmon va qarorlari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirishga keng zamin yaratib bermoqda.


Fargʼona shahrini 2020 yil ijtimoiy-iqtisodiy koʼrsatkichlarini oʼsish surʼatlarida bajarilishi, turmush tarzini yaxshilanishi, aholi jon boshiga xizmatlarning ortishi, ijtimoiy qoʼllab-quvvatlashga ajratilgan mablagʼlar va aholini real daromadlarini oshirishda quyidagi ishlar amalga oshirildi. 

Xususan, pandemiya natijasida karantin cheklovlari oʼrnatilishiga qaramasdan, shaharda oʼtgan davr davomida deyarli barcha iqtisodiy koʼrsatkichlarimizni belgilangan rejalardan oshirib bajarishga erishildi. 

Jumladan, iqtisodiy koʼrsatkichlarni yetakchi tarmogʼi boʼlgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish yoʼnalishini oladigan boʼlsak, oʼtgan 9 oy davomida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 4,9 trln.soʼmni tashkil qilib, oʼtgan yilga nisbatan 100,1 foizga bajarilib, jon boshiga 16,7 mln.soʼmga toʼgʼri keldi.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda ularda tadbirkorlik muhitini shakllanishiga qarab “yaxshi” (yashil), “oʼrta” (sariq) va “qoniqarsiz” (qizil) hududlarga ajratgan holda baholandi. Reyting natijalariga koʼra, "Yaxshi" baholangan 48 ta shahar va tumanlar qatorida Fargʼona shahri qayd etilib, “Yashil hudud”ga kiritilgan.2020 yil davlat va mahalliy dasturlarga asosan Fargʼona shahrida jami 1 372 ta xonadonli 31 ta koʼp qavatli uylar joriy yilda foydalanishga topshirildi.

 Hozirda, ushbu qurilgan uy-joylarni fuqarolarimiz tomonidan Ipoteka krediti asosida, 20 yil muddatga yillik 17 foiz asosida kreditga sotib olmoqdalar.Joriy yilning 11 oyi davomida 1019 ta kichik tadbirkorlik subʼektlari tashkil etildi. Koronavirus pandemiyasi davrida kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, turizm va xizmatlar sohasiga iqtisodiy koʼmak berish maqsadida, 32 722 ta holatda 2,5 trln.soʼmlik kredit mablagʼlari ajratildi.

Kredit mablagʼlari sanoat yoʼnalishiga 1,2 trln.soʼm, qurilish yoʼnalishiga 550 mlrd.soʼm, xizmat koʼrsatishga 205 mlrd.soʼm, savdo yoʼnalishga 520 mlrd.soʼmni tashkil etdi.Fargʼona shahrida 2020 yilda 33 ta loyiha orqali 21,1 mln.dollarlik xorijiy investitsiya mablagʼlari oʼzlashtirilishi belgilangan boʼlsa, joriy yilning 9 oyida 30 ta korxona tomonidan 25,3 mln.dollarlik investitsiya jalb qilinib, yillik reja 119 foizga bajarilishiga erishildi. 


Misol uchun, investitsiya hajmi “Oʼzbekiston-Koreya xalqaro unversiteti”da 2,5 mln.dollar, “Uz Segang” (Koreya) korxonasida 2,5 mln.dollar, “Fargʼona IEM”da (Yaponiya) 4,4 mln.dollarni tashkil qildi.Fargʼona shahar Kengashi deputati J.Аkbarov tomonidan tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish, shifokorlar kasb etikasi, madaniyati haqida soʼz yuritib, shahar tibbiyot birlashmasi, moliya boʼlimiga oʼz takliflarini bildirdi.

Sessiya ishida Fargʼona shahar kengashi deputati Zilola Аbdullaeva mamlakatimizda maktab taʼlimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning Fargʼonada ijrosi yuzasidan savol bilan murojaat qildi. Shahar xalq taʼlimi boʼlimi mudiri G.Xalilova ushbu yoʼnalishda qilingan ishlar xususida toʼxtalib oʼtdi.Sessiya yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing oʼtkazildi.