Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Yoshlar ishlari agentligi shahar boʻlimi tavsiyasiga koʻra, ikki nafar yoshlar yetakchilari yangi lavozimda ish boshladilar

×

 2022-07-01 19:59:41    319

PDF yuklash
Chop etish


Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Yoshlar kuni” munosabati bilan "Yangi Oʻzbekiston" bogʻida tashkil etilgan tantanali tadbirdagi nutqida “Yosh rahbar kadrlar zaxirasi” shakllantirilib, uning 30 foizi yoshlar yetakchilari hisobidan toʻldiriladi. Men yoshlar yetakchilari timsolida boʻlajak hokimlar va vazirlarni, yirik bank va kompaniyalar, davlat va nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalar liderlarini koʻraman!”, - deya taʼkidlagan edilar.
Fargʻona shahridagi mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi yoshlar yetakchilari masʼuliyatli vazifalarga tavsiya etilmoqda.
Jumladan, Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona shahar boʻlimining tavsiyasiga binoan Fargʻona shahar “Ipak yoʻli” mahallasining yoshlar yetakchisi Ravshanjon Turdialiyev Oʻzbekiston tumani, “Ibn Sino” mahallasining yoshlar yetakchisi Elyorjon Nurmatov esa Toshloq tumani Ichki ishlar boʻlimi inspektor-psixologi vazifasiga tayinlandilar.