Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Sportning kurash va shaxmat turidan "Shahar prokurori kubogi" uchun musobaqa oʻtkazildi

×

 2022-06-27 09:41:55    326

PDF yuklash
Chop etish


Avval xabar berganimizdek, bugun sportning kurash va stol tennisi turlari boʻyicha «Fargʻona shahar prokurori kubogi» musobaqalariga start berildi. Musobaqa doirasida «Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam» aksiyasi ham oʻtkazildi. Shuningdek, sportchilar hamda shahrimiz yoshlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida sportning shaxmat va shashka turidan ham oʻrtoqlik musobaqalari tashkillandi. 

Tadbir avvalida Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov va shahar prokurori Dilmurodjon Qobulovlar soʻzga chiqishib, ishtirokchilarga omad tilashdi. Shundan soʻng, kurash sport turi boʻyicha mahalla va sektor bosqichi gʻoliblari boʻlgan oʻgʻil-qizlar murosasiz bahslarda bellashdilar. Mazkur bellashuvda 8 ta vazn toifasida 120 nafar oʻgʻil-qizlar orasidan gʻoliblar saralandi.

Stol tennisi musobaqasi ham koʻtarinki ruhda oʻtdi. Unda 150 nafar havaskor yosh sportchilar qatnashdilar. Oʻgʻil bolalar oʻrtasida "Tabassum" MFY vakili Shahzodbek Toshtemirov, qizlar oʻrtasida esa "Barkamol" MFY vakilasi Goʻzaloy Abduqahhorovalar birinchilikni qoʻlga kiritishdi.

Gʻolib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi ham tantanali ruhda oʻtkazildi. Sovrindor yoshlarimiz shahar hokimi va prokurori tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari hamda medallar bilan taqdirlanishdi.