Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

"Men Donorman" qon topshirish aktsiyasida fargʻonalik yoshlar ham faol ishtirok etishmoqda

×

 2022-06-16 12:46:16    553

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimiz boʻylab oʻtkazib kelinayotgan “Yoshlar oyligi” tadbirlari doirasida "Men Donorman" qon topshirish aktsiyasi oʻtkazilmoqda. Bugun Fargʻona shahrida oʻtkazilgan aktsiya davomida yoshlar yetakchilari hamda faol yoshlar ishtirok etishib, hayrli tadbirga oʻz hissalarini qoʻshdilar.
Bemorlarni sifatli qonga boʻlgan ehtiyojini qoplash, ularni zarur qon komponentlari bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilgan ushbu ezgulik aktsiyasi qisqa vaqt ichida viloyatimiz boʻylab keng quloch yozmoqda.
Bilamizki, turli kasalliklar tufayli organizmda qon aylanishi va tarkibining buzilishi, qon kamayishi, trombozlar kuzatiladi. Bu salbiy holatlarning oldini olishning samarali yoʻllaridan biri donor boʻlishdir. Shu sababli mamlakatimizda begʻaraz donorlikni keng targʻib qilish, yoshlar salomatligini mustahkamlash hamda sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga eʼtibor qaratilmoqda.