Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

HAR BIR YOSH E’TIBORDAN CHETDA EMAS

×

 2022-06-13 10:08:43    579

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahar 1-sektori, al-Xorazmiy mahalla fuqarolar yig‘ini, Abdurahmon Jomiy ko‘chasi 1-uy, 41-xonadonda yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro Komiljon Boboyev shu yilning 20 may kuni “Yoshlar daftari”ga kirish uchun ariza qoldirgan edi.
Komiljon Marg‘ilon shahridagi “Mehribonlik uyi”da tarbiyalangan. Xorijda ishlab yurgan Komiljon O‘zbekistonda yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan foydalanib, o‘z Vatanida mehnat qilib, hayotda o‘z o‘rnini topishni maqsad qilib yurtimizga qaytdi.
“Yoshlar daftari” orqali yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan foydalanmoqchi bo‘lgan Komiljon ish joyiga qatnashda yo‘l xarajatlarini kamaytirish va o‘zi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda o‘rnak bo‘lish maqsadida velosiped olish istagini bildirgan.
Bugun Komiljonning istagi amalga oshdi. Unga Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan subsidiya asosida velosiped topshirildi. 
Komiljon Boboyev yoshlarga yaratilib berilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlardan mamnun ekanligi, o‘z tengdoshlari ham mana shu imkoniyatlardan foydalanib yurtimiz ravnaqi uchun fidokorona mehnat qilishlari zarurligini ta’kidlab, eng avvalo islohotlarning bunyodkori bo‘lgan, yoshlarga otalarcha g‘amxo‘rlik qilib kelayotgan muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Farg‘ona shahar hokimi, 1-sektor rahbari Vosiljon Nazarovga alohida minnatdorchilik bildirdi.