Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Munosiblar taqdirlandi

×

 2022-05-25 18:31:56    371

PDF yuklash
Chop etish


Oʻz bilim va isteʼdodini Vatanimiz va xalqimizga munosib farzand boʻlishdek olijanob maqsadlarga sarflashga chogʻlanib turgan sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlarimiz - bizning ishonchimiz va tayanchimiz, Yangi Oʻzbekistonning oltin fondi, bebaho xazinasidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi oʻgʻil-qizlariga yoʻllagan tabrigidan
Fargʻona shahar 2-ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktabida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, viloyat hokimining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova, viloyat malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti rektori Feruza Sohibova, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi Fargʻona viloyati hududiy vakilligi rahbari Aziza Rahmatova, shahar xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Gulxumor Xalilovalar ishtirok etdilar.
2021-2022 oʻquv yilida maktabni tamomlayotgan 162 nafar 11-sinf bitiruvchilarining 60 nafarlari 5,5-8 ballik IELTS xalqaro sertifikatiga ega boʻlgan boʻlsa, 12 bitiruvchi muddatidan avval oliy oʻquv yurtlarining talabalariga aylandilar.
Tadbir davomida Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov tomonidan ilm-fan, sport sohasida yutuqlarga erishgan oʻquvchi va oʻqituvchilarga faxriy yorliq hamda kitoblar jamlanmasi sovgʻa qilindi. 
Shuningdek, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi Fargʻona viloyati hududiy vakilligi rahbari Aziza Rahmatova tomonidan maktab direktori Nigora Axmedova va IELTS sertifikatini olgan oʻquvchilar taqdirlandilar.