Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TASHKILOT, KORXONA VA MUASSASALARNING RAHBARLARI

×

 2021-10-26 18:42:54    667

PDF yuklash
Chop etish



Hurmatli fuqarolar hamda tashkilot, korxona va muassasalarning rahbarlari

Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilg’i isitish moslamalaridan foydalanishga bo’lgan extiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan noto’g’ri foydalanish oqibatida ko’ngilsiz hodisalar sodir bo’lishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin.

Shu munosabat bilan, bunday ko’ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda quyidagi yong’in va xavfsizlik talablariga rioya qilishingizni so’raymiz:

qo’lbola va nosoz gaz isitish moslamalaridan foydalanmang;

tungi vaqt aholi turar joylarida o’rnatilgan isitish tizimini nazoratsiz qoldirmang;

oshxonada o’rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;

isitish pechlari va ularning mo’rilarini sozligiga, ularni turli buyum va to’siqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan o’z vaqtida tozalanishiga alohida e'tibor bering;

isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyumlarni saqlamang;

isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiya va yo’riqnomasi talablariga rioya qiling;

gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlangalar orqali ulanishga yo’l qo’ymang;

agarda xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmang, darhol xonani shamollating hamda “104” telefon raqami bilan gaz xizmatiga zudlik bilan xabar bering;

bolalarni yolg’iz qoldirmang.

Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz o’zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni ko’ngilsiz hodisalardan saqlagan bo’lasiz.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram