Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARG’ONA SHAHRIDA  ICHIMLIK SUV  VA OQOVA SUV  TA'MINOTINI  YAXSHILASH BO’YICHA ISHLAR OLIB BORILMOQDA

×

 2021-05-06 14:31:54    835

PDF yuklash
Chop etish



Xalqimizda “Er – xazina, suv – gavhar” degan naql mavjud. Darhaqiqat, suv nafaqat kundalik hayotimizda mavjud bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga, balki mehnatkash dehqonlarimiz, bog’bonlarimiz, chorvadorlarimiz va boshqa hunarlarni chuqur egallagan tadbirkor xalqimizning kelajak hayotini ta'minlash uchun xizmat qiladigan oliy ne'matlardan biridir.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 29 dekabr kungi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga qilgan navbatdagi Murojaatnmasida mamlakatimizda yakunlanayotgan yilda amalga oshirilgan ishlar natijasiga to’xtalib o’tish bilan bir qatorda, xalqimiz uchun dolzarb bo’lgan suv ta'minoti muammosini bosqichma-bosqich yechish masalasi 2021 yilning eng ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilandi.

O’z navbatida, Respublikamizda 2020 yilda markazlashgan ichimlik suv ta'minotini yaxshilash uchun 3 trillion so’m yoki 2016 yilga nisbatan 5 barobar ko’p mablag’ ajratilgan. Natijada, aholining toza ichimlik suvi bilan ta'minlanish darajasi 73 foizga yetgan.

Bugungi kunda  Farg’ona shahar aholisning ichimlik suv  bilan ta'minlanganlik holati 95,3 %, oqova suv  bilan ta'minlanganlik holati 76,3%

Shahar hududlarida ichimlik suv ta'minoti yaxshilash bo’yicha 2021 yilda 4ta suv nasoslarini ta'mirlash, 17,8 km ichimlik va 5,6 km, oqova suv tarmoqlarini rekonstruktsiya qilishi ishlari rejalashtirigan.

Xozirgi kunga qadar, 16,6 km ichimlik suvi va 4,4 km oqava suv tarmoqlari tortildi hamda 1 ta suv inshooti rekontruktsiya qilinib, 2,8 km oqava suv tarmoqlari yuqori bosim ostida tozalandi. Shuningdek, 2 dona tik ichimlik suv nasoslarida ta'mirlash ishlari olib borildi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram