Farg‘ona shahrida 2025 yil “Tashabbusli budjet” doirasida ikki muhim sog‘liqni saqlash loyihasi amalga oshirildi.








1,5 milliard so‘mdan mablag‘ yo‘naltirilgan ushbu tashabbuslar natijasida 7- va 2-sonli oilaviy poliklinikalarda aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifati sezilarli yaxshilandi.
🔹 7-sonli oilaviy poliklinikada 2 qavatli yangi zamonaviy bino qurildi. Tantanali ochilishda shahar hokimi va jamoatchilik ishtirok etdi. Mazkur poliklinika 8 ta MFY hududida yashovchi 36 021 nafar aholiga xizmat ko‘rsatadi. Yangi bino qabul quvvatini oshirib, aholiga qulayliklar yaratadi.
🔹 2-sonli oilaviy poliklinika esa to‘liq ichki ta’mirdan chiqarildi. 1,5 milliard so‘mlik yangilanish doirasida koridor va xonalar modernizatsiya qilinib, shinam va qulay muhit yaratildi. Muassasa 40 126 nafar aholiga samarali birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.
📌 Ushbu loyihalar tufayli Farg‘ona shahrida zamonaviy, qulay va sifatli tibbiy xizmat infratuzilmasi yanada kengaymoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DAVOM ETMOQDA


“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI – FARG‘ONADA KЕNG QAMROVDA DAVOM ETMOQDA





