Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

XALQ DEPUTATLARI FАRG‘ONА SHАHАR KENGАSHINING BIRINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

 2020-01-14 20:27:50    543

PDF yuklash
Chop etish


14 yanvar kuni oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari, shahar hokimligining boshqarma va bo‘limlari rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.

Sessiyada shahar saylov komissiyasi raisining axboroti, xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash, deputatlarning partiya guruhlarini ro‘yxatga olish, doimiy komissiyalarini tuzish, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari Qo‘shma majlisi Maslahat Kengashi aʼzoligiga nomzodni tavsiya etish haqidagi masalalar muhokama qilindi.

Kun tartibidagi birinchi masala, VI-chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashiga o‘tkazilgan saylov natijalari haqida shahar saylov komissiyasi raisi B.Saidahmedov axborot berdi. Saylovlar yangi qabul qilingan Saylov kodeksiga muvofiq o‘tkazilganini va 30 nafar saylangan nomzodlarning deputatlik maqomi eʼtirof etildi.

Shuningdek, sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Hamidjon Ismoilovich Habibidinov Farg‘ona shahar hokim etib tasdiqlandi.

Sessiya ishida Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev ishtirok etdi.