Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

HARBIYLAR VATANNING FAXRI VA G’URURI

×

 2020-01-11 14:35:11    503

PDF yuklash
Chop etish


Sharqiy harbiy okrugning Farg’ona dala o’quv maydonida bo’lib o’tgan “Vatanparvarlik-milliy yuksalish kafolati” shiori ostidagi harbiy-vatanparvarlik festivalida 20 mingdan ortiq yoshlar, harbiylar, ularning oila-a'zolari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, sarhadlarimiz daxlsizligi yo’lida hamisha hushyor va ogoh, fidoyi Vatan himoyachilari borki, bizning ko’nglimiz xotirjam, osmonimiz musaffo. Ammo vatanparvarlik nafaqat chegarada turgan askar yoki zobit, balki shu yurtning farzandiman, degan yoshu nuroniy – barchaga tegishli bo’lgan burchdir.

Ayni kunlarda joylarda bo’lib o’tayotgan Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayram tadbirlarida bu o’zining yaqqol ifodasini topmoqda. Farg’ona viloyatida ham turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo’lib o’tmoqda. Viloyat hokimligi va Sharqiy harbiy okrug qo’mondonligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur harbiy-vatanparvarlik festivali minglab yoshlarga faxr va iftixor tuyg’ularini baxsh etdi.

Festivalda aholi, ayniqsa, harbiy parad, yoshlar uchun zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika ko’rgazmasi, harbiy ta'minot masalalari, shuningdek, harbiy orkestr, harbiy xizmatchilarning qurol bilan saf hamda qo’l jangi elementlari chiqishlari namoyish etildi.

Zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslaha namunalari bilan yoshlar yaqindan tanishdi. Festival davomida yoshlar Vatan himoyachilari bilan dildan suhbat qurdi, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Yoshlarga tank va raketa pultlari kabi bir qator texnik vositalar bilan mashq qilish imkoniyati ham berildi. Shuningdek, festivalda havo desanti askarlari, viloyat ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalar bajaruvchi safarbarlik guruhi shartli ravishda qo’poruvchilarni qo’lga olish va yo’q qilish mashqlarini namoyish etdilar.

– Yoshlarimizning harbiy bo’lishga, xususan, armiya safida xizmat qilishga ishtiyoqi kuchli, -deydi kichik serjant Ramazon Mamadiyev.- Bugungi festivalda ularga jangovar texnikalar haqida ma'lumotlar berdik. Ko’rgazmali chiqishlar ham ularning qalbida faxr va iftixor uyg’ota olganiga ishonamiz.

Harbiy orkestr jamoasining vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo’shiqlari, san'atkorlarning bayram tabriklari, kontsert dasturlari tadbirga alohida fayz kiritdi.

  

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Sherzod Qoraboyev olgan suratlar.