Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
replica panerai Replica Breitling watches
web

logouz5logouz3

logouz4

ferghana1

flag gerb kons madhiya

 

Ishonch telefoni

0 373 243 91 91

0 373 243 91 92

Ish vaqti 09:00-18:00

Hokim qarorlari

Farg’ona shahar hokimining qarori

2017 yil 13 fevral             № 176           Farg’ona shahri

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 fevral kungi 2750-sonli va viloyat hokimining shu haqidagi 2007 yil 7 fevral kungi 55-sonli qarorlari haqida

Keyingi yillarda mamlakatimizda xususiy mulkni ishonchli himoya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlash borasida qulay shart-sharoitlar yaratildi.

Tadbirkorlik tuzilmalariga davlat xizmatlari ko’rsatish sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarini tubdan oshirishga doir kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar ko’rildi.

Tuman va shaharlarda tashkil etilgan tadbirkorlik suboektlariga "yagona darcha" tamoyili bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish yagona markazlari (bundan buyon – "Yagona darcha" markazlari) tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etgan holda ro’yxatdan o’tkazish, ruxsat berish va litsenziyalash tartib-taomillaridan o’tishning oshkoraligini ta’minlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, mazkur sohada amalga oshirilgan ishlarning tahlili tadbirkorlik suboektlariga davlat xizmatlari ko’rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, "Yagona darcha" markazlarini samarali boshqarish, ular faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirishda tizimli yondashuvni hamda ularning boshqa davlat tuzilmalari bilan o’zaro hamkorligini belgilash zarurligini ko’rsatmoqda.

Tadbirkorlik suboektlariga davlat xizmatlari ko’rsatishning sifati va oshkoraligini, ulardan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshirish, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish hamda joylarda xalq bilan bevosita muloqotning samaradorligini oshirish maqsadida qabul qilingan O’zbekiston  Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 fevraldagi "Tadbirkorlik suboektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi 2750-sonli va viloyat hokimining shu haqidagi 2017 yil 7 fevral kungi 55-sonli qarorlari  ijrosini ta’minlash maqsadida

QAROR QILAMAN:

1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 fevraldagi 2750-sonli "Tadbirkorlik  suboektlariga davlat xizmatlarini  ko’rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi va viloyat hokimining shu haqidagi 2017 yil 7 fevral kungi 55-sonli qarorlari  rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasining "Yagona darcha" markazlarini tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasidan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga o’tkazish to’g’risidagi taklifi qabul qilinganligi;

Banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik suboekt-larini davlat ro’yxatidan o’tkazish "Yagona darcha" markazlari tomonidan amalga oshirilishi belgilanganligi;

Tadbirkorlik suboektlariga davlat xizmatlari ko’rsatish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo’yicha respublika komissiyasi (bundan buyon  – Respublika komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilib, uning asosiy vazifalar belgilab berilganligi;

2017 yilda faqat "Yagona darcha" markazlari orqali ko’rsatiladigan qo’shimcha davlat xizmatlarini joriy etish jadvali 2-ilovaga muvofiq;

2018-2020 yillarda bosqichma- bosqich joriy etiladigan, faqat "Yagona darcha" markazlari orqali ko’rsatiladigan davlat xizmatlari ro’yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

Respublika komissiyasi ikki hafta muddatda:

Respublika komissiyasi faoliyati tartibini ishlab chiqishi va tasdiqlashi;

Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlarda tadbirkorlik suboektlariga davlat xizmatlari ko’rsatish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo’yicha hududiy komissiyalarni tuzishi va ularning faoliyatini tashkil etishi;

hududiy komissiyalarga tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari rahbarlik qilishi belgilanganligi;

2 va 3-ilovalarda belgilangan, faqat "Yagona darcha" markazlari or-qali ko’rsatiladigan davlat xizmatlarini joriy etishga doir tadbirlarning o’z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklanganligi;

berilgan, to’xtatib qo’yilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi tugatilgan ruxsatnoma va litsenziyalar to’g’risidagi maolu-  motlarni "Litsenziya" axborot tizimlari kompleksi doirasida olish imkoniyatini yaratish yo’li bilan "Yagona darcha" markazlari orqali qog’oz shaklida beriladigan maxsus blankalardagi ruxsatnoma va litsenziyalarni majburiy rasmiylashtirish talabi 2018 yil 1 yanvardan boshlab bekor qilinganligi;

tadbirkorlik suboektlarini ro’yxatdan o’tkazish uchun davlat boji sifatida olinadigan barcha mablag’lar hamda "Yagona darcha" markazlari orqali ko’rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to’lanadigan davlat bojlari va yig’imlar hajmining 10 foizi miqdoridagi mablag’lar "Yagona darcha" markazi faoliyatini moliyalashtirish manbai sifatida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nomiga ochilgan maxsus shaxsiy hisobra-qamga o’tkazilishi hamda kelib tushayotgan mablag’lar "Yagona darcha" markazlarini saqlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlari mehnatiga haq to’lash va ularni rag’batlantirishga yo’naltirilishi belgilanganligi;

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi bilan birgalikda "Yagona darcha" markazlarining davlat mulki bo’lgan barcha bino va inshootlarini, ularga tegishli asbob-uskunalar, hujjatlar va boshqa mulklar Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga belgilangan tartibda tekin taqdim etilishini ta’minlash vazifasi yuklatilganligi maolumot va ijro uchun qabul qilinsin.

3. Shahar hokimining birinchi o’rinbosari U.Karimov, shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda hududlarda tashkil etiladigan tadbirkorlik suboektlariga davlat xizmatlari ko’rsatish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo’yicha hududiy komissiyalarga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishlarida yordam ko’rsatishni taominlasin.

4. Viloyat Adliya boshqarmasi (Nazaraliev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish boshqarmasi hamda Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi bilan birgalikda bir oy muddatda idoralararo elektron hamkorlik qilish orqali taqdim etiladigan maolumotlarning to’liq ro’yxatini belgilashi hamda eskirgan va zamon talablariga javob bermaydigan hujjatlar va maolumotlarni tadbirkorlik suboektlari tomonidan taqdim etish to’g’risidagi talablarni bekor qilishga doir takliflarni O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritishni tashkil etilishi;

Viloyat Adliya boshqarmasi (Nazaraliev) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish hamda Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy bo’limi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda tadbirkorlik suboektlariga davlat xizmatini ko’rsatishning sifati va oshkoraligini, ulardan foydalanish imkoniyatini, tadbirkorlikning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlanganligi to’g’risida seminarlar tashkil qilish va xalq bilan bevosita muloqot samaradorligini oshirish choralarini ta’minlash;

Viloyat Adliya boshqarmasi (Nazaraliev) davlat ro’yxatidan o’tkazilgan korxonalar (yuridik shaxs birlashmasi sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan uyushma va assotsiatsiyalardan tashqari) bo’yicha to’plangan taosis hujjatlar yig’ma jildlarining birma-bir ro’yxatini tuzish, tegishli tuman va shahar "Yagona darcha" markaziga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi orqali topshirish choralarini ko’rish vazifasi yuklatilganligi maolumot uchun qabul qilinsin.

5. Shahar hokimligi bosh hisobchisi S.Isamitdinova Farg’ona shahar "Yagona darcha" markazi mulki bo’lgan barcha bino va inshootlarini, ularga tegishli asbob-uskunalar, moddiy-texnika jihozlari, hujjatlar va boshqa mulklarni ro’yxat asosida Adliya bosh-qarmasi balansiga belgilangan tartibda tegishli qarorlarni qabul qilish orqali tekin hamda qarzdorliksiz taqdim etilishini ta’minlash choralarini ko’rsin.

6. Farg’ona shahar "Ermulkkadastr" DK (Sh.Hasanov) bir hafta muddatda "Yagona darcha" markazining mulki bo’lgan barcha bino va inshootlarini belgilangan tartibda Adliya boshqarmasining balansiga kadastr ro’yxatidan o’tkazish vazifasi yuklatilsin.

7. Mazkur qaror "Farg’ona tongi" gazetasida eolon qilinsin hamda shahar hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.

8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.

Shahar hokimi                                                                       Sh.Erkaboev.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 oktyabr kungi 366-sonli va viloyat hokimining 2016 yil 5 noyabr kungi
312-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash to’g’risida

Fuqarolar va tashkilotlarning murojaatlarini ko’rib chiqish bo’yicha davlat organlarining mas’uliyatini oshirish maqsadida 2014 yil dekabr oyida «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan shaharda qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

2016 yilning 9 oyi davomida Farg’ona shahar hokimligiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 2849 (2015 yil 9 oyida 2985) ta og’zaki va yozma murojaatlar tushgan va o’tgan yilning shu davri bilan solishtirilganida 136 taga yoki 4,6 foizga kamayishiga erishilgan. Jami murojaatlarning 2075 tasi jismoniy, 774 tasi yuridik shaxslarga tegishli bo’lib, ushbu murojaatlar tegishli tartibda hal qilingan va mualliflarga javob xatlari yuborilishi ta’minlangan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 20 oktyabrdagi 353-sonli va viloyat hokimining

2016 yil 25 oktyabrdagi 303-sonli qarorlari to’g’risida

“Elektron hukumat to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi o’rinlarda davlat organlari deb ataladi), boshqa tashkilotlar tomonidan ko’rsatilayotgan davlat elektron xizmatini o’rganish va tahlil qilishga yagona yondashuvni ta’minlash, shuningdek xizmatlar ko’rsatish va ulardan foydalanish sifatini oshirish yuzasidan qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 oktyabrdagi 353-sonli va viloyat hokimining 2016 yil 25 oktyabrdagi 303-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida,

2016 yil.  30 sentyabr №  1191                                       Farg`ona shahri

Iqtisodiyot tarmoqlari, ko’p qavatli uy-joy fondi va ijtimoiy soha ob’ektlarini 2016-2017 yillar kuz-qish mavsumiga barqaror tayyorlashni ta’minlash bo’yicha qo’shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida

Shahardagi sektorlar, tijorat banklari va mas’ul tizimlar tomonidan shaharlardagi ko’p qavatli uy-joylar va ijtimoiy soha ob’ektlarini
2016-2017 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar ijrosi qoniqarsiz tashkil etilmoqda.

2016 yil. 05 oktyabr1212                                           Farg`ona shahri

O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining elektron qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarni ko’rib chiqish va ularni hal etish chora-tadbirlari to’g’risida

Aholi va tadbirkorlar muammolarining ychimi yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomiga murojaat etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Internet tarmog’idagi elektron qabulxonasi tashkil etildi.

2016 yil. 29 sentyabr1190                               Farg`ona shahri

Farona viloyati hokimining 2016 yil 26 sentyabr kungi 282-sonli qarori va Farona shahrida Ijro intizomini mustahkamlashning qo’shimcha chora-tadbirlari to’risida

Ўzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va Hukumat qarorlarining bajarilishi bo’yicha ijro intizomini mustahkamlash maqsadida Ўzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 19 avgustdagi 13-5-4-sonli topshirii hamda viloyat hokimining
2009 yil 7 sentyabdagi "Viloyatda ijro intizomining holatini doimiy o’rganish va uning monitoringi tartibini joriy etish to’risida"gi

Shaharda baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish, baliq etishtirish hajmlarini ko’paytirish va ushbu yo’nalishda agrofirmalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida.

Shaharda 2016 yilda baliqchiliksohasini rivojlantirish, suniy havza maydonlariniko’paytirish, uning ozuqa bazasini mustahkamlashsohada mavjud imkoniyatlar va sharoitlardan samarali foydalanib, mahsulotlar turi va etishtirish hajmlarini oshirish hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 dekabrdagi 01-02/03-13-12-sonli yig’ilish bayoni topshiriqlari hamda viloyat hokimining 2016 yil 7 yanvardagi 6-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida

Aholi tomorqalaridan to’liq va samarali foydalanish, talab etiladigan moddiy-resurslarni etkazib berishni tizimli yo’lga qo’yish orqali qishloq xo’jaligi mahsulotlariri hajmlarini ko’paytirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida

Shahar aholisining qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini to’laroq qondirish, bozorlardagi asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarning narx-navolarini barqarorligini saqlash, shuningdek oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun shaxsiy tomorqa xo’jaliklari ekin maydonlaridan yanada samarali foydalanish, bu borada kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga moddiy-resurslar ta’minotida ko’maklashish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 6, 25-moddalariga muvofiq,

                                                                 

Shaharda quyonchilik sohasini yanada rivojlantirish, naslchilik ishlarini takomillashtirish, quyon bosh sonlarini ko’paytirish va ushbu yo’nalishda agrofirmalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida

Shaharda 2016 yilda quyonchilik sohasini rivojlantirish, ixtisoslashgan quyonchilik kompleksini tashkil etish va quyonlarbosh sonlarini ko’paytirish, uning ozuqa bazasini mustahkamlash,quyon go’shti va sifatli quyon terisi etishtirish hajmlarini oshirish hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 dekabrdagi 01-02/03-13-12-sonli yig’ilish bayoni topshiriqlari hamda viloyat hokimining 2016 yil 7 yanvardagi 8-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida

Shaharda parrandachilik, o’rdakchilik, kurkachilik va bedanachilik sohalarini yanada rivojlantirish, parranda go’shti va tuxum etishtirish hajmlarini ko’paytirish va ushbu yo’nalishda agrofirmalar faoliyatini tashkil etish
chora-tadbirlari to’g’risida

Shaharda 2016 yilda parrandachilik, o’rdakchilik, kurkachilik
va bedanachilik sohalarini rivojlantirish,
parrandalarbosh sonlarini ko’paytirish, uning ozuqa bazasini mustahkamlash, sohada mavjud imkoniyatlar va sharoitlardan samarali foydalanib, mahsulotlar turi
va etishtirish hajmlarini oshirish, yangi ish o’rinlarini yaratish va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 dekabrdagi
01-02/03-12-13-sonli yig’ilish bayoni topshiriqlari hamda viloyat hokimining 2016 yil 7 yanvardagi 5-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida,

Shaharda asalarichilik sohasini yanada rivojlantirish, naslchilik ishlarini takomillashtirish, asal etishtirish hajmlarini ko’paytirish va ushbu yo’nalishda agrofirmalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida

Shaharda 2016 yilda asalarichilik sohasini rivojlantirish, naslchilik ishlarini takomillashtirish va asalari oilalarini ko’paytirish, uning ozuqa bazasini ta’minlash uchun keng sharoitlar yaratish, mahsulotlar turi
va etishtirish hajmlarini oshirish hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 dekabrdagi 01-02/03-13-12-sonli yig’ilish bayoni topshiriqlari hamda viloyat hokimining 2016 yil 7 yanvar kungi 7-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida,

 

Shaharda chorvachilik va echkichilik sohalarini yanada
rivojlantirish, go’sht, sut mahsulotlari hajmini ko’paytirish,
ularni qayta ishlash tarmoqlarini kengaytirish va agrofirmalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida.

Shaharda 2016 yilda chorvachilik va echkichilik sohalarini yanada rivojlantirish, chorva bosh sonlarini ko’paytirish, uning ozuqa bazasini mustahkamlash, sun’iy urug’lantirish va naslchilik ishlarini yanada yaxshilash hamda sohada mavjud imkoniyatlar va sharoitlardan samarali foydalanib, mahsulotlar turi va etishtirish hajmlarini oshirish va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 dekabrdagi
01-02/03-12-13-sonli yig’ilish bayoni topshiriqlari hamda 2016 yil
7 yanvardagi 4-sonli qarori ijrosini so’zsiz ta’minlash maqsadida,

Farg’ona shahar hokiminng 2015 yil   1326-sonli qarori

Shaharda 2016 yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish, tayyorlash, o’z vaqtida qayta ishlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, meva-sabzavot, poliz va uzum mahsulotlari eksporti hajmini ko’paytirish chora-tadbirlari to’g’risida

Shaharda 2016 yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlarini etishtirish,  qayta  ishlash,   eksport  qilish,  ichki iste’mol bozorlarini to’ldirish hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasining 2015 yil  10  noyabrdagi  01-03-13-1-sonli yig’ilish bayoni topshiriqlari hamda viloyat hokimining 2015 yil 21 noyabr kungi shu xaqdagi 252-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida

2016 yil 26 fevral                  № 199                         Farg’ona shahri

 

2016 yilgi Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida

 

      Azal-azaldan xalqimizning ezgu va go'zal qadriyatlarini, uning olijanob orzu-intilishlarini o'zida mujassam etib, qadim ajdodlarimizdan bizga o'lmas meros sifatida bezavol o'tib kelayotgan Navro'zi olam mustaqillik yillarida mamlakatimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha vatandoshlarimiz orziqib kutadigan, tom ma’nodagi umumxalq bayramiga aylanib qoldi.

Farg'ona shahri

хал билан муло от

Virtual qabulxona
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
PREZIDENTINING
VIRTUAL QABULXONASI
FARG'ONA VILOYATI BO'LIMI

Murojat uchun telefon

244 05 82
244 05 83


Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00

Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ