Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
replica panerai Replica Breitling watches
web

logouz5logouz3

logouz4

ferghana1

flag gerb kons madhiya

 

Ishonch telefoni

0 373 243 91 91

0 373 243 91 92

Ish vaqti 09:00-18:00

Dushanba, 15 May 2017 18:01

Pasport — fuqaroning yuzi

Maqolani baholang
(0 ovoz)

O’zbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti davlat mulki bo’lish bilan bir qatorda, shu azizu mukarram yurtda istiqomat qilib kelayotgan har bir fuqaroning, o’xshatish mumkin bo’lsa, yuzi ham hisoblanadi. Shu boisdan ham, fuqarolikni tasdiqlovchi ushbu asosiy hujjatni asrab-avaylash talab etiladi. Biroq joylarda olib borilayotgan tushuntirish ishlariga qaramay, hamshaharlarimiz orasida yuqoridagi jihatlarga nisbatan befarqlik tufayli turli qonunbuzilish holatlari uchrab turibdi. Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida Farg’ona shahar Ichki ishlar  boshqarmasi Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlikda sayyor sud majlislari o’tkazib kelinmoqda.

Jinoyat ishlari bo’yicha Farg’ona shahar sudi sudiyasi To’lqin Abdiraimov, sud majlisi kotibi Farhodjon Turdiboev, shahar Ichki ishlar boshqarmasi Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’limi boshlig’i Yuriy Umarov  ishtirokida bo’lib o’tgan sayyor sud majlisida O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablarini buzgan 30 nafar fuqarolarga nisbatan ularni mao’muriy javobgarlikka tortish masalasi ko’rib chiqildi.

Dastlab sayyor sud ishtirokchilariga O’zbekiston Respublikasining sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunlarga kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalar,   amalga kiritilgan yangi qonunosti hujjatlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlar va  bir qator kodekslarga kiritilgan o’zgartishlar haqida batafsil tushunchalar berib o’tildi.

So’ngra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan 20 nafar O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek 8 nafar fuqaroligi yo’q shaxslar hamda 2 nafar chet el fuqarolarining qonunbuzarlik holatlari muhokama qilindi va ularga nisbatan tegishli tartibdagi jazo choralari tayinlash haqida sud qarori qabul qilindi.

Xuddi shunday sayyor sud majlislari belgilangan chora-tadbirlar rejasiga asosan shahrimizdagi korxona va tashkilotlar, muassasalar hamda mahalla fuqarolar yig’inlarida ham bo’lib o’tmoqda.20170413 12523444444444444

Maqola 159 marta o'qilgan
YUKLAB OLISH

Farg'ona shahri

хал билан муло от

Virtual qabulxona
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
PREZIDENTINING
VIRTUAL QABULXONASI
FARG'ONA VILOYATI BO'LIMI

Murojat uchun telefon

244 05 82
244 05 83


Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00

Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ