Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
replica panerai Replica Breitling watches
web

logouz5logouz3

logouz4

flag gerb kons madhiya

« Iyul 2017 »
Duy Sey Chr Pay Jum Shn Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31            

 

 

orphus uz

Dushanba, 15 May 2017 14:20

Inson xotirasi abadiy, qadri muqaddas

Maqolani baholang
(1 Ovoz berish)

O’tganlarning xotirasi oldida ta’zim bajo keltirish, insonni tiriklik chog’ida qadrlash biz uchun ham farz, ham qarz. Bunday qarash elyurtimizning qon-qoniga, suyak-suyagiga singib borishi kerak, deya ta’kidlagan edi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov.

Mustaqil mamlakatimizda inson sha’ni ulug’lanadi, qadri e’zozlanadi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning 2017 yil 4 apreldagi "Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarorida qayd etilganidek, inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg’usi bilan barhayotdir. Xotira  kechagi o’tmishni, ajdodlar o’gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.

Qadr insonni yuksaklikka ko’taradi, uning faoliyatiga, orzu intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag’ishlaydi.

Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o’z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag’rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.

Bu so’zlarning naqadar hayotiyligiga Xotira va qadrlash kuni arafasida yana bir bor ishonch hosil qildik. Haqiqatan ham, davlat va boshqaruv organlari rahbarlari, Sharqiy harbiy okrugi qo’mondonligi, huquq-tartibot idoralari mas’ul xodimlari, «Nuroniy» jamg’armasi, «Mahalla» jamoat fondi vakillari, jamoat tashkilotlari boshliqlari, o’quvchi yoshlarning ikkinchi jahon urushi ishtirokchilarini yo’qlab, qalblariga bayramona kayfiyat baxsh etish uchun ular xonadoniga tashrif buyurishlari o’zbekona fazilatning yorqin namunasi bo’ldi.

Shuningdek, millat, mustaqillik va Vatan ravnaqi yo’lida hayotini qurbon qilgan yurtdoshlarimiz, front ortida jasorat ko’rsatgan yoshi ulug’ insonlar, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog’ida halok bo’lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari oila a’zolari holidan xabar olinib, ularni moddiy-ma’naviy rag’batlantirish zamirida, Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatida ana shunday insonparvarlik tamoyillari mujassam.

 Diydorlashuv onlarida tinchlik-omonlikka shukronalar keltirildi, o’tganlar yodga olindi, yaxshi niyat va tilaklar bilan qo’llar duoga ochildi.

«Mash’um urush hech qachon takrorlanmasin!». 72 yildirki, tinchliksevar insonlar dili va tilida shu so’zlar. Chunki uning qanchalik shafqat bilmasligini ota-bobolarimizdan eshitganmiz. Urush tufayli  minglab yurtdoshlarimizga oilasi bag’riga qaytib kelish nasib etmadi. Ularni kutgan mushtipargina onai-zorlari, beva qolgan ayollari umrlarining oxirigacha yo’l poylashdi.

Vatan kelajagi uchun o’z jonini ham ayamagan, hurlik yo’lida yovga tik qaragan, ilm ziyosi bilan avlodlar yo’lini yoritgan insonlar xizmatini xalq hech qachon unutmaydi.

9 may. Xotira va qadrlash kuni Farg’ona shahridagi bayramona bezatilgan Xotira maydoni yana yurtdoshlarimiz bilan gavjum bo’ldi. Bu erga tashrif buyurgan viloyat hokimi Sh.G’aniev, Sharqiy harbiy okrugi qo’shinlari qo’mondoni R.Xalilov, huquq-tartibot idoralari rahbarlari ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylarini bayram bilan qutlashib, ularga samimiy tilaklarini bildirishdi. Shundan so’ng, Farg’ona viloyati hokimligi, Sharqiy harbiy okrugi qo’shinlari qo’mondonligi, huquq-tartibot idoralari, Farg’ona shahar hokimligi, jamoat tashkilotlari, korxonalar, o’quv muassasalari hamda shahar mehnatkashlari tomonidan Motamsaro ona haykali poyiga turfa gulchambarlar qo’yildi, janggohlarda halok bo’lgan hamyurtlarimiz nomi bitilgan "Xotira kitob"lari varaqlandi.

Mard va jasur farg’onalik o’g’lonlarga hurmat bajo keltirilgach, O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. So’ngra harbiy marsh sadolari ostida Sharqiy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari, jamoatchilik posbonlari va harbiy mashinalar saf tortib o’tdi, g’alaba qo’shig’i kuylandi. Hayajonli daqiqalarni  qalblarida g’urur va iftixor jo’sh urib turgan minnatdor avlodlar olqishlar bilan qarshi olishdi.

"Navro’z" to’yxonasi sahnida harbiy texnikalar va qurolaslahalar, front hayotini aks ettirgan ko’rgazmalar tashkil etildi. Ularni hamshaharlarimiz hayajon bilan tomosha qildilar.

Viloyat va shahar hokimliklari tomonidan urush va mehnat faxriylari sharafiga yozilgan to’kin dasturxon atrofida o’tirgan duogo’y nuroniylarni viloyat hokimi Sh.G’aniev bayram bilan samimiy qutladi. Ular sha’niga iliq fikrlar bildirdi. Mamlakatimizda ikkinchi jahon urushi ishtirokchilariga va ularga tenglashtirilgan insonlarga davlat miqyosida ko’rsatilayotgan g’amxo’rliklar haqida qisqacha to’xtalib o’tdi.

Bayram tantanasida urush va mehnat faxriylariga Farg’ona viloyati hokimligining esdalik sovg’alari tantanali topshirildi.

Viloyatimizning taniqli san’atkorlari, shahar madaniyat va aholi dam olish markazlari badiiy jamoalari, yosh xonandalar tomonidan katta dasturdagi bayram kontserti namoyish etildi.

SHQ 0380888888888

 

SHQ 0459999988

 

 

SHQ 032999999

Maqola 73 marta o'qilgan Oxirgi o'zgarish Dushanba, 15 May 2017 14:42
YUKLAB OLISH

Эркин фикр

хал билан муло от

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
PREZIDENTINING
VIRTUAL QABULXONASI
FARG'ONA VILOYATI BO'LIMI


Murojat uchun telefon

244 05 82
244 05 83



Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ