Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
replica panerai Replica Breitling watches
web

logouz5logouz3

logouz4

flag gerb kons madhiya

« Iyul 2017 »
Duy Sey Chr Pay Jum Shn Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31            

 

 

orphus uz

Juma, 12 May 2017 11:17

«Toza havo» oyligi

Maqolani baholang
(1 Ovoz berish)

Inson salomatligining kafolati

Jahondagi etakchi mamlakatlarning olimlari yaqinda Er atmosferasida kislorod miqdori juda tez yo’qolib borayotganini maolum qilishdi. Hayot uchun zarur bo’lgan ushbu modda miqdori oxirgi 50 yil ichida 1,5 foizga kamaygan. Mutaxassislarning fikricha, bunga atmosfera qatlamida eroziya tezligining oshishi va oksidlanish jarayonlarining tobora ortib borayotganligi sabab bo’lmoqda. Bu kabi ma’lumotlar bugungi kunda tabiat musaffoligi va atmosfera havosini ifloslanishdan saqlash naqadar dolzarb masala ekanligidan dalolat beradi.

Farg’ona shahar hokimining 2017 yil 11 apreldagi farmoyishida shahrimiz hududida joriy yil 10 apreldan 10 mayga qadar va 10 avgustdan 10 sentyabrgacha bo’lgan muddatlarda ikki bosqichdan iborat "Toza havo" oyligi o’tkazilishi belgilangan. Ushbu farmoyish ijrosini taominlash maqsadida shahar Ichki ishlar boshqarmasi Yo’l harakati xavfsizligi bo’limi, Davlat sanitariya-epidemilogiya nazorati markazi, "O’zdavneftgazinspektsiya" Farg’ona viloyat bo’limi hamda ommaviy axborot vositalari hamkorligida bitta ko’chma va bitta muqim "Vodiy-5" postlarida harakatdagi avtotransport vositalarining texnik sozligi ko’zdan kechirildi.

Bundan tashqari, mulkchilik shaklidan qatoi nazar, shahrimiz hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan avtosaroylar hamda ulardagi avtotransport vositalari texnik ko’rikdan o’tkazildi. Belgilangan hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasiga ko’ra, bir qator ishlab chiqarish korxonalarida ham atmosfera havosining bulg’anishini kamaytirishga qaratilgan qo’shimcha nazorat ishlari ham olib borildi. 

Mustaqillik tufayli mamlakatimiz, jumladan shahrimizda ham transportkommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish hamda avtomobil sanoati yuksalib bormoqda. Bu esa, o’z-o’zidan ravshanki, yo’llarda avtotransport vositalari harakatlanishining ortishiga sabab bo’lmoqda. Ta’kidlash kerakki, yo’llarda harakatlanayotgan transport vositalarining hammasini ham texnik jihatdan soz deb bo’lmaydi. Shu tufayli bunday vositalarning dudburonidan chiqayotgan zararli is gazi miqdorini me’yorida saqlash, ular karbyuratorining soz  ishlashini ta’minlash, buning uchun vaqti-vaqti bilan tegishli tartibdagi nazorat ishlarini olib borishni davrning o’zi taqozo etmoqda.    

Hamkorlikdagi sa’yharakatlar natijasida 700 dan ortiq avtotransport vositalari nazoratdan o’tkazildi, ulardan 30 dan ziyodi atmosferaga belgilangan me’yordan ortiqcha zararli is gazi chiqarayotganligi aniqlandi va shahar Ichki ishlar boshqarmasi Yo’l harakati xavfsizligi bo’limi xodimlari tomonidan tegishli choralar ko’rildi.

Atrof-muhit sofligi, avvalo insonlar salomatligini saqlashning kafolatidir. Shunday ekan, atrof-muhit musaffoligi va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan tadbirlarda faol qatnashaylik.

DSC 00299999

Maqola 79 marta o'qilgan
YUKLAB OLISH

Эркин фикр

хал билан муло от

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
PREZIDENTINING
VIRTUAL QABULXONASI
FARG'ONA VILOYATI BO'LIMI


Murojat uchun telefon

244 05 82
244 05 83



Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ