Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
replica panerai Replica Breitling watches
web

logouz5logouz3

logouz4

flag gerb kons madhiya

« Aprel 2017 »
Duy Sey Chr Pay Jum Shn Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30

 

 

orphus uz

"Obodlik ko’ngildan boshlanadi". Bunyodkorlik, saranjom-sarishtalik, poklik, tozalik xalqimizning qon-qoniga singib ketgan ezgu fazilatlardandir. Milliy qadriyatlarimizni keng targ’ib qilish va yosh avlod qalbida ularga nisbatan hurmat va mehr-muhabbat hissini shakllantirish, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish, "O’zbekis-ton Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha…
Insoniyat tarixida qora dog’ qoldirgan, millionlab odamlarning hayotiga zomin bo’lgan ikkinchi jahon urushi ko’pmillatli xalqimiz xotirasidan aslo o’chmaydi. O’sha suronli yillarda o’zbekistonlik jangchilar ham fashizm ustidan qozonilgan G’alabaga munosib hissa qo’shdilar. Bugungi kunda el-yurt hurmat-eozozidagi insonlar barchamizning faxrimiz, izzat-ikromdagi piru…

Farg’ona shahar hokimining qarori

2017 yil 13 fevral             № 176           Farg’ona shahri

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 fevral kungi 2750-sonli va viloyat hokimining shu haqidagi 2007 yil 7 fevral kungi 55-sonli qarorlari haqida

Keyingi yillarda mamlakatimizda xususiy mulkni ishonchli himoya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlash borasida qulay shart-sharoitlar yaratildi.

Tadbirkorlik tuzilmalariga davlat xizmatlari ko’rsatish sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarini tubdan oshirishga doir kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar ko’rildi.

Tuman va shaharlarda tashkil etilgan tadbirkorlik suboektlariga "yagona darcha" tamoyili bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish yagona markazlari (bundan buyon – "Yagona darcha" markazlari) tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etgan holda ro’yxatdan o’tkazish, ruxsat berish va litsenziyalash tartib-taomillaridan o’tishning oshkoraligini ta’minlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, mazkur sohada amalga oshirilgan ishlarning tahlili tadbirkorlik suboektlariga davlat xizmatlari ko’rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, "Yagona darcha" markazlarini samarali boshqarish, ular faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirishda tizimli yondashuvni hamda ularning boshqa davlat tuzilmalari bilan o’zaro hamkorligini belgilash zarurligini ko’rsatmoqda.

Tadbirkorlik suboektlariga davlat xizmatlari ko’rsatishning sifati va oshkoraligini, ulardan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshirish, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish hamda joylarda xalq bilan bevosita muloqotning samaradorligini oshirish maqsadida qabul qilingan O’zbekiston  Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 fevraldagi "Tadbirkorlik suboektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi 2750-sonli va viloyat hokimining shu haqidagi 2017 yil 7 fevral kungi 55-sonli qarorlari  ijrosini ta’minlash maqsadida

QAROR QILAMAN:

1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 fevraldagi 2750-sonli "Tadbirkorlik  suboektlariga davlat xizmatlarini  ko’rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi va viloyat hokimining shu haqidagi 2017 yil 7 fevral kungi 55-sonli qarorlari  rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasining "Yagona darcha" markazlarini tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasidan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga o’tkazish to’g’risidagi taklifi qabul qilinganligi;

Banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik suboekt-larini davlat ro’yxatidan o’tkazish "Yagona darcha" markazlari tomonidan amalga oshirilishi belgilanganligi;

Tadbirkorlik suboektlariga davlat xizmatlari ko’rsatish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo’yicha respublika komissiyasi (bundan buyon  – Respublika komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilib, uning asosiy vazifalar belgilab berilganligi;

2017 yilda faqat "Yagona darcha" markazlari orqali ko’rsatiladigan qo’shimcha davlat xizmatlarini joriy etish jadvali 2-ilovaga muvofiq;

2018-2020 yillarda bosqichma- bosqich joriy etiladigan, faqat "Yagona darcha" markazlari orqali ko’rsatiladigan davlat xizmatlari ro’yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

Respublika komissiyasi ikki hafta muddatda:

Respublika komissiyasi faoliyati tartibini ishlab chiqishi va tasdiqlashi;

Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlarda tadbirkorlik suboektlariga davlat xizmatlari ko’rsatish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo’yicha hududiy komissiyalarni tuzishi va ularning faoliyatini tashkil etishi;

hududiy komissiyalarga tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari rahbarlik qilishi belgilanganligi;

2 va 3-ilovalarda belgilangan, faqat "Yagona darcha" markazlari or-qali ko’rsatiladigan davlat xizmatlarini joriy etishga doir tadbirlarning o’z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklanganligi;

berilgan, to’xtatib qo’yilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi tugatilgan ruxsatnoma va litsenziyalar to’g’risidagi maolu-  motlarni "Litsenziya" axborot tizimlari kompleksi doirasida olish imkoniyatini yaratish yo’li bilan "Yagona darcha" markazlari orqali qog’oz shaklida beriladigan maxsus blankalardagi ruxsatnoma va litsenziyalarni majburiy rasmiylashtirish talabi 2018 yil 1 yanvardan boshlab bekor qilinganligi;

tadbirkorlik suboektlarini ro’yxatdan o’tkazish uchun davlat boji sifatida olinadigan barcha mablag’lar hamda "Yagona darcha" markazlari orqali ko’rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to’lanadigan davlat bojlari va yig’imlar hajmining 10 foizi miqdoridagi mablag’lar "Yagona darcha" markazi faoliyatini moliyalashtirish manbai sifatida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nomiga ochilgan maxsus shaxsiy hisobra-qamga o’tkazilishi hamda kelib tushayotgan mablag’lar "Yagona darcha" markazlarini saqlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlari mehnatiga haq to’lash va ularni rag’batlantirishga yo’naltirilishi belgilanganligi;

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi bilan birgalikda "Yagona darcha" markazlarining davlat mulki bo’lgan barcha bino va inshootlarini, ularga tegishli asbob-uskunalar, hujjatlar va boshqa mulklar Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga belgilangan tartibda tekin taqdim etilishini ta’minlash vazifasi yuklatilganligi maolumot va ijro uchun qabul qilinsin.

3. Shahar hokimining birinchi o’rinbosari U.Karimov, shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda hududlarda tashkil etiladigan tadbirkorlik suboektlariga davlat xizmatlari ko’rsatish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo’yicha hududiy komissiyalarga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishlarida yordam ko’rsatishni taominlasin.

4. Viloyat Adliya boshqarmasi (Nazaraliev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish boshqarmasi hamda Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi bilan birgalikda bir oy muddatda idoralararo elektron hamkorlik qilish orqali taqdim etiladigan maolumotlarning to’liq ro’yxatini belgilashi hamda eskirgan va zamon talablariga javob bermaydigan hujjatlar va maolumotlarni tadbirkorlik suboektlari tomonidan taqdim etish to’g’risidagi talablarni bekor qilishga doir takliflarni O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritishni tashkil etilishi;

Viloyat Adliya boshqarmasi (Nazaraliev) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish hamda Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy bo’limi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda tadbirkorlik suboektlariga davlat xizmatini ko’rsatishning sifati va oshkoraligini, ulardan foydalanish imkoniyatini, tadbirkorlikning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlanganligi to’g’risida seminarlar tashkil qilish va xalq bilan bevosita muloqot samaradorligini oshirish choralarini ta’minlash;

Viloyat Adliya boshqarmasi (Nazaraliev) davlat ro’yxatidan o’tkazilgan korxonalar (yuridik shaxs birlashmasi sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan uyushma va assotsiatsiyalardan tashqari) bo’yicha to’plangan taosis hujjatlar yig’ma jildlarining birma-bir ro’yxatini tuzish, tegishli tuman va shahar "Yagona darcha" markaziga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi orqali topshirish choralarini ko’rish vazifasi yuklatilganligi maolumot uchun qabul qilinsin.

5. Shahar hokimligi bosh hisobchisi S.Isamitdinova Farg’ona shahar "Yagona darcha" markazi mulki bo’lgan barcha bino va inshootlarini, ularga tegishli asbob-uskunalar, moddiy-texnika jihozlari, hujjatlar va boshqa mulklarni ro’yxat asosida Adliya bosh-qarmasi balansiga belgilangan tartibda tegishli qarorlarni qabul qilish orqali tekin hamda qarzdorliksiz taqdim etilishini ta’minlash choralarini ko’rsin.

6. Farg’ona shahar "Ermulkkadastr" DK (Sh.Hasanov) bir hafta muddatda "Yagona darcha" markazining mulki bo’lgan barcha bino va inshootlarini belgilangan tartibda Adliya boshqarmasining balansiga kadastr ro’yxatidan o’tkazish vazifasi yuklatilsin.

7. Mazkur qaror "Farg’ona tongi" gazetasida eolon qilinsin hamda shahar hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.

8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.

Shahar hokimi                                                                       Sh.Erkaboev.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 3 yanvardagi 02/1-1073-sonli topshirig’ini bajarish maqsadida “O’zeksportmarkaz” MKK AJ tomonidan joriy yilning 17-20 aprel oyida Dushanbe shahrida (Tojikiston) o’tkaziladigan O’zbekiston Respublikasining sanoat korxonalari maxsulrtlarining ko’rgazma yarmarkasi o’tkazilish rejalashtirilgan.          Ushbu tadbirni yuqori saviyada tashkil…
Mamlakatimizda navqiron avlodni sog’lom va barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashlariga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, yoshlarning chet tillarini puxta o’zlashtirishi uchun alohida e’tibor berilmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning 2012 yil 10 dekabrdagi «Chet tillarni o’rganish tizimini yanada…
Xalqimiz mehnatkash, yer bilan tillasha oladi. Shunday dehqonlarimiz borki, tomorqasida qishin-yozin mahsulot yetishtirish haddisini olgan. «Yer elni boqadi» degan hikamtga qat’iy amal qilgan inson hech qachon kam bo’lmaganini hayotning o’zi ko’rsatib turibdi. Respublikamiz hukumatining tashabbusi bilan kam taominlangan oilalarni qo’llab-quvvatlash, …
Farg’ona shahar hokimligida shahar hokimligi xotin-qizlar qo’mitasi hamda daxldor muassasalar bilan hamkorlikda «Yoshlar va mehnat migrantlari o’rtasida OIV infektsiyasi profilaktikasi» mavzuida seminar tashkil etildi. Unda hududiy muvofiqlashtirish komissiyasi aozolari, diniy maorifat va maonaviy-axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchilar, IIB profilaktika inspektorlari,…
Mana, sovuqkunlar ortda qolib,  jannatmakon o’lkamizga Bahor fasli kirib keldi. Bahor yasharish, yashnatish faslidir. Azal-azaldan Ko’klamni ochiq chehra, ko’tarinki kayfiyat bilan kutib olish xalqimizga xos fazilat. Ayniqsa, kunlar isishi bilan kattayu-kichikning qo’liga mehnat quroli olib, chor atrofni tartibga keltirishi, axlat-chiqindilardan…
Avvalxabar berilganidek, viloyat va shahar hokimlarining aholining, ayniqsa xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning daromadlarini ko’paytirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va tomorqa ho’jaligini keng rivojlantirishni parranda boqish asosida yo’lga qo’yish borasidagi qarorlari asosida shahar hokimligi ishchi guruhi tomonidan ehtiyojmand xonadonlarga sog’lom va…
Mash’um urush qayta takrorlanmasin! 1979 yilning kuz oylari edi. O’sha davrdagi eng nufuzli avtokorxonalardan hisoblangan 2504-avtojamlanmasi haydovchilari yarim tunda chaqirib olindi. Ular maxsus topshiriq bilan qayoqqadir "g’oyib" bo’lishdi. Hatto oila aozolari ham bilishmaydi. Tez orada "mish- mish"lar tarqaldi. Kimdir u…
Страница 1 из 22

Эркин фикр

хал билан муло от

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
PREZIDENTINING
VIRTUAL QABULXONASI
FARG'ONA VILOYATI BO'LIMI


Murojat uchun telefon

244 05 82
244 05 83



Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ