Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona viloyati avtomobil' yo‘llari hududiy bosh boshqarmasining bildirishi

 2020-11-20 16:19:29    43

PDF yuklash
Chop etish


“Farg‘ona haqiqati” gazetasining 2020 yil 7 noyabrdagi 87-sonida “Avtobus bekatlari qay ahvolda? yoxud “Aqlli bekat” qachon bo‘ladi?” sarlavhasi ostida chop etilgan maqola bo‘yicha quyidagilar ma'lum qilinadi:

Farg‘ona viloyati avtomobil' yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi tasarrufida bo‘lgan tuman va shahar yo‘l korxonalari tomonidan viloyatimiz hududida joylashgan jami 4031 km umumfoydalanishdagi avtomobil' yo‘llariga xizmat ko‘rsatiladi. Ushbu avtomobil' yo‘llarida jami 1395 ta avtobekatlar mavjud bo‘lib, shundan 48 tasi yangi, 14 tasi qayta qurilgan va 259 tasi joriy ta'mirlangan.

Viloyat hududida joylashgan umumfoydalanuvdagi avtomobil' yo‘llarida mavjud bo‘lgan avtobekatlarga ham yo‘llarning joriy ta'mirlash va saqlash uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan ta'mirlanib, yangi va qayta qurilayotgan ob'ektlarda esa zamon talablari darajasidagi yangi avtobekatlar qurilmoqda.

Maqolada keltirilgan Farg‘ona shahar Ahmad Farg‘oniy ko‘chasidagi avtobekatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 15 noyabrdagi PQ-1641-son qaroriga asosan pudratchi korxona tomonidan mazkur yo‘l shaharsozlik normativ qoidalariga muvofiq tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha qayta qurishda yangi avtobekatlar ham qurilgan hamda belgilangan tartibda “Avtomobil' yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, tegishliligi bo‘yicha yuridik shaxsga kelgusida ushbu yo‘lga xizmat ko‘rsatish uchun Farg‘ona shahar hokimligining Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufiga o‘tkazilgan.

Shuningdek, avtobekatlar borku lekin avtobuslar qatnamasligi yoki avtobekatlarda yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish jumladan, harakat jadvallari, yo‘nalishlar nomi kabi tablolarni o‘rnatishni O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 25 apreldagi “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi qonunining 19-moddasiga muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati organlar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Shundan kelib chiqib, Farg‘ona shahar hokimligi bilan hamkorlikda shahar hududidagi avtobekatlarni ta'mirlash va jihozlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.