Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahar Obodonlashtirish boshqarmasining bildirishi

 2020-09-29 11:42:06    61

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i tashkilot Kasaba uyushmasi qo‘mitasiga 2020 yil 23 sentyabrda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari X.Tashxodjaevga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llash uchun rozilik so‘rab, taqdimnoma kiritgan. 2020 yil 24 senyatbar' kuni ushbu taqdimnomaga muvofiq, soat 14-00 da Kasaba uyushmasi qo‘mitasining yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Farg‘ona shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga kelib, boshqarma binosiga kirish uchun boshqarma qorovuliga Toshkent shahar “EFFECT.UZ” axborot agentligining muxbiri, deb o‘zini tanishtirgan Elyor Tadjibaev “Nima bo‘pti karantin bo‘lsa!? Qaerda yozib qo‘yilgan karantinda eshikni berkitib qo‘yish kerak!?”, deb O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 176-son Qarorida belgilangan qoidalarini pisand qilmasdan munosabatda bo‘lgan. shuningdek, Kasaba uyushmasi qo‘mitasining yig‘ilishiga taklif etilmagan bo‘lsa-da, “Kasaba uyushmasining taklifi bilan kelganman”, deb yolg‘on so‘zlab, mazkur yig‘ilishni internet tarmog‘ida yoritish uchun kelganligini bildirgan.

Farg‘ona shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga yetib kelgan vaqtidan boshlab, o‘zining videotasvirchisi bilan har bir suhbatni yozib olib, boshqarma mutaxassis va xodimlariga “Onlayn efir” bo‘layotganini aytgan holda, amaldagi qonunchilikda belgilangan normalarga asosan Obodonlashtirish boshqarmasi binosiga kirishi mumkin emasligi tushuntirilganligiga qaramay E.Tadjibaev boshqarma qorovuli A.Aripovga nisbatan ochiqdan-ochiq qarshilik ko‘rsatib, telefon orqali kim bilandir gaplashgan holda boshqarmaning binosi panjarasi (eshigi)ga o‘zini urib, asossiz vajlar bilan noqonuniy ravishda binoga kirishga uringan.

Jurnalistik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar yurish-turish qoidalariga, kasb etikasi va madaniyatiga amal qilib, jamiyatimizda sodir bo‘layotgan voqealarni xolis yoritib borishlari lozim. Lekin E.Tadjibaev boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari X.Tashxodjaev bilan o‘zaro til biriktirib, boshqarma boshlig‘i A.Nazirovni, jumladan Farg‘ona shahar Obodonlashtirish boshqarmasini asossiz tuhmatlar bilan obro‘sizlantirish maqsadida X.Tashxodjaevning chaqiruviga asosan yetib kelgan.

Binoga kirishga erisholmagan “jurnalist” E.Tadjibaev boshqarma binosiga o‘z maoshlarini olish uchun kelayotgan mavsumiy jamoatchi ishchilarni suhbatga tortib, har bir so‘zida boshqarma boshlig‘i A.Nazirovga nisbatan qasddan o‘z adovatini namoyish qilgan holda chalg‘ituvchi savollar bilan murojaat qilgan. Aslida maoshlari masalasini qaysi tashkilot hal qilishini anglamagan. Mavsumiy jamoatchi ishchilar ham ish haqi berish kimning zimmasida ekanligini o‘zlari tushunmagan holda A.Nazirovga nisbatan noxolis fikrlarini bildirgan. Ushbu holatga oydinlik kiritish uchun suhbatga aralashgan 10-brigada hududni qo‘lda tozalovchilar brigadiri B.O‘rinboeva mavsumiy jamoatchi ishchilarning oyliklarini Farg‘ona shahar Bandlikka ko‘maklashish markazi hal qilishini, mavsumiy jamoatchi ishchilarning oyliklarini vaqtida ololmayotganliklarida Obodonlashtirish boshqarmasining hech qanday aybi yo‘q ekanligini aytgan.

E.Tadjibaev 2020 yil 24 sentyabrda bo‘lgan barcha holatlarni to‘liq aks ettirmay, montaj qilgan holda, bo‘lgan holatlarni xolis aks ettirmasdan, tirnoq ichidan kir qidirib, 2020 yil 27 sentyayur' kuni DODASI TV youtu.be kanaliga “Daxshaat xalq chidab turolmadi - Prezident vakilini itarib tashlashdi” degan nom bilan joylashtirgan.

Bir tashkilotning ichki ishi, belgilangan qonun-qoidalar asosida olib borayotgan faoliyatiga aralashib, bunday jimjimador sarlavha bilan muxbir o‘zi nimaga erishmoqchi? “Daxshaat xalq chidab turolmadi” degan gap bilan muxbir nimani nazarda tutdi? Bu bilan unga soxta obro‘ kerakmi?

Obodonlashtirish boshqarmasi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarishga harakat qilmoqda. X.Tadjibaevdek ayrim ommaviy axborot vositalari vakillaridan o‘z faoliyatlarini vijdonan, har tomonlama yondoshib, turli taraflarning fikrini inobatga olib yoritishlarini so‘ragan bo‘lardik. Zero, har kimning shaxsiy huquq va erkinliklarini qonun bilan kafolatgan.