Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Parvozing baland bo‘lsin, ona tilim – mustaqil yurtim

 2020-08-25 10:37:01    73

PDF yuklash
Chop etish


1989-yil 21-oktyabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida tarix zarvaraqlaridan o‘rin olgan bo‘lsa-da, aslida bu sana bilan O‘zbekiston mustaqillikka ilk qadamini tashladi.

Yurtimiz mustaqillikka erishguniga qadar o‘zbek tili davlat tili sifatida faqat qog‘ozdagina qolib ketganligi hech kimga sir emas. Chunki o‘sha vaqtlarda ish qog‘ozlari faqat rus tilida olib borilar, o‘zbek millati oldida uning (ona) tili hech qanday ahamiyat kasb etmasdi.

Shukurki, 1991-yildan biz bugungi kundagi o‘z eramizni, farovon hayotimizni qo‘lga kiritdik. Mustaqillik bizga milliy g‘urur, baxt va shahd hamda hurriyat berdi. Mana 29 yildirki, mamlakat rivojlanishdan to‘xtagani yo‘q. Bularning barchasi mustaqillikning sharofati, tinch va osoyishta zamonamizning mahsulidir.

Agar ozodlik va erkinlik bo‘lmaganida edi, til taraqqiyotda bunchalar yuksalmagan, bugungidek e'zozlanmagan, qadrlanmagan bo‘lar edi. O‘zbek tilim qadrli, mustaqilligimiz esa abadiy bo‘lsin!

F.Mamajonov,

Farg‘ona shahar hokimining maslahatchisi