Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Xalq deputatlari Farg‘ona shahar kengashining sessiyasi

 2020-08-07 22:10:19    914

PDF yuklash
Chop etish


6 avgust kuni xalq deputatlari Farg‘ona shahar kengashining sessiyasi o‘tkazildi.

Sessiya ishini Farg‘ona shahar hokimi, xalq deputatlari Farg‘ona shahar kengashi raisi olib bordi.

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus pandemiyasi kirib kelishi munosabati bilan e'lon qilingan karantin tadbirlari davomida aholini, xususan, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy himoya qilish masalasiga davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev tomonidan alohida e'tibor qaratilmoqda.

Ayniqsa, pandemiya sharoitida tadbirkorlik sub'ektlari va aholinining keng qatlamini qo‘llab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlar doirasida Prezidentimizning bir qator Qaror va Farmonlari qabul qilindi. Ushbu hujjatlar ijrosini ta'minlash maqsadida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilish va ehtiyojmand oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash ishlari doirasida Farg‘ona shahrida istiqomat qilayotgan aholiga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va tibbiy vositalar, pul mablag‘lari tarqatildi.

Xususan, sessiya ishida ta'kidlandiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy-himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini modiiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  Farmoni doirasida shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha mutasaddi idoralar tomonidan shakllantirilgan moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga («temir daftar»)ga kiritilgan 3 250 nafar aholining har biriga 1 000 000 (bir million) so‘mdan jami 3 mlrd. 250 mln so‘m mablag‘ tarqatildi.

Shuningdek, ushbu Farmon asosida muborak “Qurbon hayiti” munosabati “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida shaharda istiqomat qilayotgan 586 nafar kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalar, yakka yolg‘iz qariyalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Bundan tashqari, viloyat hokimi tashabbusi bilan viloyatda, xususan shahrimizda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon va afg‘on urushi qatnashchilari, front orti qatnashchilari, xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a'zolari, davlat mukofoti bilan taqdirlangan faxriylar, chin yetimlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ehtiyojmand oilalar vakillariga jami 870 ta quti koronavirusga qarshi profilaktik dori-darmon va tibbiy vositalar yetkazib berildi.

Shuningdek, Farg‘ona shahridagi 4 ta sektor rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra Farg‘ona shahar hududi bo‘yicha jami 2 298 nafar fuqarolar moddiy ahvoli yaxshilanganligi sababli o‘z roziligi bilan “Temir daftar”dan chiqarilishi muhokama qilindi va tegishli qaror qabul qilindi.

Shahardagi “Farg‘ona”, “Bahor”, “Navro‘z”, “Lolazor”, “A.Qodiriy”, “Afrosiyob”, “Hamkorlik”, “Tabassum”,  “Qirguli”, “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari tomonidan pandemiya davrida muhim topshiriq va vazifalarini aholiga tushuntirishda e'tiborsizlik va mas'uliyatsizlik bilan munosabatda bo‘layotganliklari oqibatida aholi o‘rtasida haqli e'tirozlarga sabab bo‘lgan. Shuningdek, sektorlar tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta'minlamayotganligi, bir necha marotaba ogohlantirishlarga qaramasdan o‘ziga yuklangan vazifalarni lozim darajada bajarmaganliklarini hamda sektor rahbarlari xulosalarini inobatga olib, mazkur MFY raislarini lavozimidan ozod qilish masalasi ko‘rib chiqildi.

Pandemiya davrida aholi bandligini ta'minlash va daromadini keskin kamayishini oldini olish, muhtoj oilalarni moddiy-qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha choralarni amalga oshirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatini tiklash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning tizimli va davomli bo‘lishi uchun shahar hokimligi  va shahardagi mutasaddi tashkilotlar tomonidan barcha zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasidan so‘ng xalq deputatlari Farg‘ona shahar kengashining qarori qabul qilindi.

Sessiyada Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i S.Aminjonov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.