Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi

 2020-08-05 17:44:09    121

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 4 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahar “Navro‘z” MFY hududida yashovchi fuqarolarning qiyin ahvolda qolganliklari aks etgan videolavha tarqatildi.

“Navro‘z” MFY da jami 3043 fuqaro istiqomat qilayotgan bo‘lsa, ulardan 85 nafari ehtiyojmand, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar tashkil etadi.

58-son oilaviy yotoqxonada esa hozirgi kunda 52 ta uy-joyga muhtoj, yakka-yolg‘iz, kam ta'minlangan, nogironligi bor fuqarolar hamda mehribonlik uyi bitiruvchilari istiqomat qiladi.

Videolavhada ayrim ayollar moddiy jihatdan qiynalayotganliklari,  pandemiya davrida mahalliy hokimlik va MFY tomonidan ularga hech qanday yordam berilmaganligi haqida gapirilgan.

“Navro‘z” MFY raisi bilan bo‘lgan muloqot paytida pandemiya boshlangan ilk kunlardanoq aholining arizalari va murojaatlarisiz ham yotoqxonada yashovchi fuqarolarga doimiy oziq-ovqat hamda naqd pul tariqasida moddiy yordam berilganligi ma'lum bo‘ldi.

Xususan, Farg‘ona shahar B.Marg‘inoniy ko‘chasi, 58-uyda joylashgan oilaviy yotoxonaning 33-xonadonda yashovchi fuqaro Z.S.ga pandimeya davrida 16 marotaba oziq-ovqat maxsulotlari, 2020 yil yanvar oyidan 2-yoshgacha 434 000 ming so‘m hamda 50 000 ming so‘m kompensasiya pullari, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan 11 may kuni 300 000 (uch yuz ming)  so‘m naqd pul, 22 iyul' kuni MFY tomonidan 220 000 (ikki yuz ming) so‘mlik farzandi uchun dori-darmon olib berilgan.

Fuqaro T.K.ga pandimeya davrida 14 marotaba oziq-ovqat mahsulotlari, may oyidan 326 000 ming so‘mdan hamda 50 000 ming so‘mdan kompensasiya pullarini olib  keladi. 17 aprel' kuni o‘zininng ehtiyoji uchun 120 000 so‘m naqd pul va “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan 14 iyul' kuni plastik kartochkasiga 500 000 so‘m mablag‘ o‘tkazib berilgan.

Oilaviy yotoxonadning 14-xonadonida yashovchi fuqaro B.S.ga ham pandimeya davrida 14 marotaba oziq-ovqat maxsulotlari berilgan. MFY  tomonidan homiy biriktirilib, yanvar' oyidan buyon har oyda 400 000 so‘mdan naqd pul va 1 kg laqm go‘shti olib keladi. “Saxovat va ko‘mak”  jamg‘armasi tomonidan 11 may kuni 300 000 so‘m mablag‘ berilgan.

Qurbon hayiti arafasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratib berilgan mablag‘lar hisobidan sektor rahbari tomonidan “Navro‘z” MFY da istiqomat qiluvchi 29 nafar o‘ta ehtiyojmand bo‘lgan oilalarga 1 millon so‘mdan tarqatildi.

Murojaat bilan chiqqan fuqarolarga ham navbat bilan albatta yordam ko‘rsatilishi tushuntirildi.

Butun dunyoda iqtisodiy qiyinchiliklar kechayotgan davrda Prezidentimiz tomonidan har bir fuqaroning sog‘lig‘ini asrash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doimiy e'tibor qaratilayotganini hammamiz ko‘rib turibmiz. Shunday ekan bloger va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bunday holatlarni bir yoqlama yoritishdan ehtiyot bo‘lishlarini so‘rab qolamiz.