Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg'ona shahar hokimligining bildirishi

 2020-07-14 13:27:00    1152

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahar “Huvaydo” mahalla fuqarolar yig‘ini “Obod mahalla” dasturiga dasturi doirasida ishlar oxirigacha bajarilmagangi haqida xabar tarqatildi.

Ushbu xabar Farg‘ona shahar hokimligi tomonidan tegishincha o‘rganib chiqildi.

2018 yil Farg‘ona shahar “Huvaydo” hamda “Beshbola”mahalla fuqarolar yig‘inlari “Obod mahalla” dasuriga kiritilgan.

Mazkur dasturga asosan aholi punktlarini me'moriy qiyofasini tubdan yangilash, kompleks rivojlantirish, yo‘l-taransport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikasiya tarmoqlarini va ijtimoiy soha ob'ektlarini ta'mirlash ishlari olib borilgan.

Jumladan, “Huvaydo” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 2018-2019 yil Dasturga asosan, 3,5 km ichimlik suvi va 1 km oqava suv tarmog‘i qurish, 4,2 km elektr tarmog‘ini ta'mirlash va 2 dona transformator yangi o‘rnatish, 125 dona tungi yoritish chiroqlarni o‘rnatish hamda 10,5 km ichki yo‘llar asfal'tlashtirish hamda tibbiyot birlashmasi binosini ta'mirlash ishlari olib borilgan.

Mazkur mahalla hududini 10,5 km ichki va xo‘jaliklararo yo‘llarini ta'mirlash ishlari, ajratilgan mablag‘lar doirasida bajarilgan. Belgilangan rejaga nisbatan 0,5 km qismi mablag‘ yetmaganligi sababli to‘xtab qolgan. Shuningdek tungi yoritish chiroqlari belgilangan rejaga to‘liq o‘rnatilgan bo‘lib, murojaat ko‘rsatilgan manzilda qo‘shimcha ravishda 8 tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilishi lozim.

Qirlola ko‘chasi 50-xonadon hozirgi kunda “Obod mahalla” dasturi doirasida tortilgan d-500 quvuri orqali ichimlik suvi bilan uzluksiz ta'minlanib kelinmoqda.

Mazkur ishlar mahalliy byudjetning ortirib bajarilgan qismidan yoki qonunda ta'qiqlanmagan boshqa mablag‘ hisobiga 2020-2021 yil davrida belgilangan tartibda davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladi.