Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

MIB xodimlari odamlar orasida

 2020-04-21 15:18:27    1211

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda koronavirus epidemiyasi tufayli eʼlon qilingan karantinli kunlar moddiy ehtiyojmand oilalarga, ayniqsa og‘ir sinovli kunlarni "tuhfa qilmoqda".

Bu jarayonda Majburiy ijro byurosi organlari xodimlari ham beparvo qolayotganlari yo‘q.

Jumladan, Farg‘onada Byuro organlari xodimlari ko‘chama-ko‘cha yurib aholidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarini to‘lashni talab qilayotganliklari yo‘q, aksincha joylarda kommunal to‘lovlarni to‘lash tugul, kunlik oziq-ovqati masalasini hal qila olmayotgan muhtoj oilalarni aniqlab ularga moddiy va maʼnaviy ko‘mak berish yo‘lini tutmoqdalar.

Xususan, Byuroning Farg‘ona viloyati organlari tomonidan o‘tgan davrda 483 ta muhtoj oilalarning 99 mln. 409,1 ming so‘mlik moddiy masalalari hal etilgan bo‘lib, shundan 152 ta oilaning 37 mln. 355 ming so‘mlik elektr, 103 ta oilaning 27 mln. 474,1 ming so‘mlik, 82 ta oilaning 8 mln. 187 ming so‘mlik maishiy chiqindidan bo‘lgan qarzlari homiylik asosida bartaraf etilgan bo‘lsa, 146 ta oilaga 26 mln. 393 ming so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Masalan, shu kunlarda Farg‘ona shaxrida jami 108 ta muhtoj oilalar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun 15 mln. 143 ming so‘mlik qarzdorlikni to‘lay olmayotganliklari aniqlandi. Ushbu qarzlar nafaqat homiylik yordamida bartaraf etildi.

Hozirgi sinovli kunlarda duoga ochilgan qo‘llar og‘ir kunlarda tez kunlarda ortda qolib, yorug‘ kunlarga yetib olishimizga xizmat qiladi, deyilsa mubolag‘a bo‘lmas.

Karantinli kunlarda Farg‘onada MIB xodimlari tomonidan bunday xayrli tadbirlar bir kun ham to‘xtamaydi.