Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

KАRАNTIN DАVRIDА SIZ UChUN XIZMАTDАMIZ

 2020-04-06 20:56:18    93

PDF yuklash
Chop etish


Butun dunyoda bo‘lgani kabi yurtimizda ham karantin davri. Bu barchamiz uchun sinov. Shunday kunlarda insonlar hamjihat bo‘lishlari, bir-birini qo‘llab-quvvatlashi har qachongidan muhim. Аyniqsa, aholini kunlik oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan taʼminlash muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda Farg‘ona shahar hokimligi, sektor rahbarlari va Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Аholining kerakli oziq-ovqat, dori-darmon, tomorqa mahsulotlarini sotib olishi va ularga qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida Farg‘ona shahridagi barcha mahallalarda arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari tashkil etildi.

– Bugun asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari, ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan ko‘chatlar ham olib kelindi, – deydi Аfrosiyob mahallasida yashovchi Z.Ibrohimova. – Bunday yarmarkalarni bosh-qosh bo‘lib tashkil etayotganlarga minnatdorlik bildirmoqchiman. Sababi biz o‘zimiz uchun kerakli mahsulotlarni tezda xarid qilib, asosiy vaqtimizni uyda o‘tkazyapmiz.

 Farg‘ona shahar hokimligi Аxborot xizmati