Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Oilaviy baxtiyorlik va mamnunlik

 2020-03-31 20:09:57    1050

PDF yuklash
Chop etish


Karantin davrida eng yaxshi yumush – bu oila davrisida bo‘lish, farzandlar bilan kitob o‘qish.












Bugun minglab fuqarolarimiz o‘z xonadonlarida oilalari uchun vaqt ajratib, mehr-oqibat, oilaviy munosabatlar naqadar muhimligini tushunib yetayotgan bo‘lsalar ne ajab.

Turmush o‘rtog‘im, farzandlarim ajoyib odamlar ekan, degan hazil gaplarni ham aytishdi. Eng muhimi, oilaviy baxtiyorlik va mamnunlik emasmi?!


Farg‘ona shahar hokimligi tomonidan bugun shaharda istiqomat qilayotgan, karantin tartibiga qatʼiy rioya qilayotgan fuqarolarimiz uchun 7 ta mahallada oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi. Аholining asosiy isteʼmol mahsulotlari bo‘lgan – un, yog‘, kartoshka, guruch, sabzi, piyoz, choy, tuz kabi mahsulotlarning arzonlashtirilgan savdosi ularga bir qancha yengilliklar berdi. Birinchidan, avtotransport harakatlanishi to‘xtatilganligi uchun ko‘pchilikda shahar markaziga kelish imkoni yo‘q edi.

Ikkinchidan, odamlar o‘zining va oilasining sog‘lig‘i uchun gavjum joylarga bormaslik harakatini qilyapti.

Shu bois, bunday yarmarkalar tashkil etilishidan ular minnatdor ekanliklarini bildirishdi.

– Shahar hokimligi tomonidan asosan markazdan uzoq bo‘lgan mahalla hududlarida har kuni shunday yarmarkalar tashkil etilmoqda, – deydi shahar hokimining o‘rinbosari F.Аbdillazov. – Fuqarolarimiz karantin rejimiga qatʼiy rioya qilib, ehtiyot choralarini ko‘rishsa maqsadga muvofiq. Sababi shaharda oziq-ovqat jamg‘armasi yetarli, xavotirga o‘rin yo‘q.

Shuningdek, yana bir xayrli ishga qo‘l urildi. Shahardagi kam taʼminlangan oilalarga saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.