Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi

 2020-03-26 20:28:12    1129

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahar hokimligi shahar prokuraturasi, soliq, ichki ishlar idoralari xodimlari va jamoatchilik bilan hamkorlikda karantin vaqtida dori vositalari, bozorlarda, do‘konlarda aholining asosiy isteʼmol tovarlari narxi oshib ketmasligi uchun muntazam targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

25 mart kuni “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida Farg‘ona shahar dehqon va ulgurji bozoridagi narx-navolar bo‘yicha lavha efirga uzatildi.

Lavhada bozorda sotilayotgan kartoshka narxining 3500 so‘mdan 4000 so‘mgacha sotilayotgani taʼkidlangan bo‘lsada, holat faqat bir tomonlama yoritilgan.

Bozor maʼmuriyati va hokimlik va boshqa tegishli davlat organlari saʼy-harakatlari bilan yarmarka tashkil etilgani, unda aholiga faqat 3500 ming so‘mdan kartoshka sotilayotganiga eʼtibor qaratilmagan.

Bozorda nafaqat kartoshka, balki boshqa asosiy isteʼmol mahsulotlarining ham yarmarkasi tashkil etilib, aholiga hamyonbop narxlarda sotuvi tashkil etilganini bildiramiz.

Eng muhimi, 1 haftadan buyon mahsulotlarning narxi bir xil tarzda sotilishi, oshib ketmasligini oldini olish qatʼiy nazoratga olingan.

Qayd etish lozimki, aholiga zarur mahsulotlarning zaxirasi yetarli bo‘lib, turli holatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, narx-navo bo‘yicha hamma qattiq ogohlantirilib, asossiz oshirmoqchi bo‘lganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi tushuntirildi.