Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi

 2020-03-12 18:01:11    112

PDF yuklash
Chop etish


Fargʼona shahar А.Yassaviy koʼchasi yashovchi fuqaro B.Аbdiraimovning uy-joy masalasidagi murojaati boʼyicha Fargʼona shahar hokimligining xoʼjalik hisobidagi uy-joy boʼlimi quyidagilarni maʼlum qiladi.Аniqlanishicha, fuqaro B.Аbduraimovning 2017 yildagi uy-joy ajratish toʼgʼrisidagi murojaatiga binoan Fargʼona shahar hokimli tomonidan Fargʼona shahar hokimining 2017 yil 13 noyabrdagi qaroriga asosan oʼz roziligiga koʼra, Fargʼona shahar А.Yassaviy koʼchasi 14А-uyning 3-qavatida joylashgan, yangi taʼmirlangan va jihozlangan (1 xonali) xonadon xususiylashtirish huquqsiz, beminnat biriktirib berilgan.Fuqaro B.Аbdiraimov 1-guruh nogironligi sababli, Fargʼona shahar hokimligi tomonidan 3-qavatdan ajratib berilgan xonadonni А.Qodiriy koʼchasidagi uylardagi xonadonga almashtirib berish haqida murojaat qilgan. Hokimlik uy-joy boʼlimi fuqaro B.Аbduraimovning manfaatlarini koʼzlagan holda ish joyiga yaqin va 1-qavatda joylashgan Fargʼona shahar А.Qodiriy koʼchasi 70-uyning 18-xonadoni (1 xonali)ga almashtirib berishni taklif etgan. Biroq fuqaro B.Аbdiraimov mazkur taklifni rad etib, Fargʼona shahar hokimligi tomonidan biriktirib berilgan hozirgi yashab turgan xonadonini xususiylashtirib berishni talab qilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 7 maydagi “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi 847-XII-son qarori 1-boʼlimining 11-moddasida “Mehnatga layoqatsiz, yolgʼiz qariyalar, pensionerlar va ularning jon boshiga oladigan oylik daromadi eng kam ish haqidan oz boʼlsa, shuningdek birinchi marta nikohdan oʼtgan turar joyga muhtoj yosh oilalarga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan roʼyxatga binoan fuqarolarning ijtimoiy ximoyalanmagan va taʼminoti oz boshqa toifalariga mahalliy davlat hokimiyat organlari huzurida aniq maqsadga qaratilgan ijara shartnomasi talablari asosida xususiylashtirish huquqisiz kommunal uy-joy fondi tashkil etiladi” deb koʼrsatilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, fuqaro B.Аbdiraimovga Fargʼona shahar hokimligi tomonidan berilgan taklifga asosan xonadonini almashtirishi yoki amaldagi qonunlarga asosan hozirgi ajratilgan xonadonida yashab kelishi mumkinligini maʼlum qilamiz.