Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi

 2020-03-09 13:40:14    41

PDF yuklash
Chop etish


“Farg‘ona haqiqati” gazetasining 2020 yil 19 fevraldagi 14-sonida Farg‘ona shahridagi “KUCH.KO” MChJga qarashli bo‘lgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish stantsiyasida yo‘lovchilar uchun turli xizmat ko‘rsatish faoliyati talab darajasida emasligi tanqid qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 sentyabrda qabul qilingan “Yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 793-son qarorida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stantsiyalari, avtomobillarga gaz quyish stantsiyalari va avtomobillarga yoqilg‘i quyish stantsiyalari hududida qonun hujjatlari talablariga muvofiq savdo shoxobchalari, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, tez ovqatlanish shoxobchalari va bepul wi-fi zonalari tashkil qilish tavsiya etilgan.

2020 yil 1 martdan boshlab jamoat maqsadlariga mo‘ljallangan va kecha-kunduz ishlaydigan, sanitariya va shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiena shoxobchalari bilan jihozlanmagan stantsiyalarlarning faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan.

Shuni inobatga olgan holda Farg‘ona shahar hokimligi “KUCH.KO” MChJ maʼmuriyatiga oldida turgan majburiyatlarni bajarishini taʼminlash maqsadida eslatgan holda 2019 yil 4 noyabrda va 2020 yil 6 mart kuni ogohlantirish xati yuborilgan.

Jamiyat rahbari R.Qo‘shmatov aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha kafolat berdi.